Bombalanayotgan Gʻazo: 228-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 228 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya, Rafah va Jabaliyaga hujumlar
uyushtirib, oʻnlab odamlarni oʻldirdi. Urush boshlanganidan buyon 35562 kishi shahid
boʻldi.
▪️Al-Qassam brigadalari Jabaliya va Rafahda bosqinchilarni yoʻq
qilish va texnikalarni yoʻq qilish boʻyicha muvaffaqiyatli operatsiyalarni amalga
oshirdi.
▪️BMT: Isroil armiyasining hujumlari tufayli soʻnggi 2 hafta
ichida 900 000 (40%) falastinlik koʻchib oʻtishga majbur boʻldi.
▪️Bosqinchilar «Rafah» nazorat-oʻtkazish punktida gumanitar
yordam olib ketayotgan yuk mashinasi haydovchilariga qarata oʻt ochdi. Bir necha
haydovchi jarohatlangan.
▪️Gazo shimolidagi Kamol Advan kasalxonasida kislorod
etishmasligi tufayli chaqaloq vafot etdi. Oʻnlab bemorlarning hayoti xavf ostida.
▪️Isroillik mahbuslarning qarindoshlarini hukumat binosi
oldida namoyish oʻtkazayotgan paytda ishgʻol politsiyasi kaltaklagan.
▪️Xusiylar Bayda viloyatida AQShning yana bir MQ-9 hujumchisi
uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi.
▪️Isroil kuchlari bosib olingan Gʻarbiy Sohilda kamida 25
nafar falastinlikni qoʻlga oldi.