21.05.2024 18:20

Politico: AQSh Eron Vashingtonni Raisiy oʻlimiga aloqadorlikda ayblashidan choʻchidi

Politico nashri AQSh maʻʻmuriyati Eron prezidenti Ibrohim Raisiy boʻlgan vertolyot halokatida Tehron Vashingtonni ayblashidan choʻchigari, qidiruv-qutqaruv operatsiyasini diqqat bilan kuzatganini yozdi. Shuningdek, Oq uy mazkur halokat Yaqin Sharqdagi vaziyatni qanday oʻzgartirishi mumkinligi haqida savollar bergan.

AQSh maʻʻmuriyati vakillari Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bortida boʻlgan vertolyot halokatidan keyingi dastlabki soatlarda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi va Tehronning javob choralarini diqqat bilan kuzatdi, deb yozdi Politico.

Maʻʻmuriyat halokat Yaqin Sharqdagi vaziyatni qanday oʻzgartirishi va Eron halokatda kim aybdor boʻlishi mumkinligi haqida savollar berdi, deya maʻʻlum qilgan nashrga uch nafar yuqori martabali amaldor. Ayrimlar Tehron halokatga AQSh va Isroilning aloqadorligini daʻʻvo qilishi mumkin, xususan, Vashington va Tel-Aviv vertolyotni masofadan oʻchirib qoʻygan boʻlishi mumkin, deb taxmin qilmoqda. Suhbatdoshlar uchinchi jahon urushi shunday boshlanadi, degan fikrni ilgari surdi.

Shu bilan birga, Politico’ning qayd etishicha, dastlabki razvedka maʻʻlumotlariga koʻra, halokatga yomon ob-havodan boshqa narsa sabab boʻlishi mumkin emas. Avvalroq AQSh Senatidagi Demokratik koʻpchilik etakchisi Chak Shumer ham razvedka maʻʻlumotlariga tayanib, bu erda "nopok oʻyin" haqida hech qanday dalil yoʻqligini aytgandi.

“Eronning shimoli-gʻarbiy qismida vertolyot halokatga uchragan joyda juda yomon, tumanli ob-havo boʻlgan. Demak, bu baxtsiz hodisa boʻlganga oʻxshaydi, lekin ish hali tergov ostida”, — dedi u.

Biroq Jo Bayden maʻʻmuriyati Tehron Isroil bilan munosabatlarning keskinlashuviga olib keladigan “katta ayblovlar” qilishi mumkinligidan choʻchiydi, deb yozadi Politico.

Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Millerning fikricha, Eron hukumati "45 yillik vertolyotning yomon ob-havo sharoitida parvoz qilishi uchun javobgardir". AP agentligining taʻʻkidlashicha, Eron havo kuchlari texnikalari asosan 1979 yildagi Islom inqilobidan oldin olib kelingan va xalqaro sanktsiyalar ular uchun ehtiyot qismlarni xarid qilishni qiyinlashtiradi.

Mavzuga aloqador