Temir gumbaz, xuddi Isroil haqidagi boshqa narsalar kabi, qandaydir choʻpchakka oʻxshaydi. Isroil oʻz dushmanlariga ham, fuqarolariga ham etkazishga urinayotgan daxlsizlik aurasiga putur etdi. Dunyoga Isroil mudofaasi faqat Falastin qarshilik kuchlari jangchilari ishlatadigan oddiy raketalarnigina qaytara olishi maʻʻlum boʻldi. Eron, agar xohlasa, Isroilga zarar etkazish qobiliyatiga ega ekanligini yaqqol koʻrsatib qoʻydi – tahlilchi Ketlin Jonstoun maqolasidan.

Eron oʻtgan kecha Isroildagi harbiy nishonlarga yuzdan ortiq raketa uchirdi. Bu oʻtgan hafta Bayrutda Isroil tomonidan amalga oshirilgan suiqasd hujumida «Hizbulloh» etakchisi Hasan Nasrulloh va Eron Inqilobiy gvardiyasi korpusi qoʻmondoni Abbos Nilforushan oʻldirilgani uchun qasos edi.

Eron oʻz raketalarining 90 foizi nishonga etib borganini daʻʻvo qilmoqda. Bu raqamni tasdiqlash yoki rad etish imkonsiz, chunki Isroil harbiylari zarba joylashuvi va zarar haqidagi maʻʻlumotlarni yashirmoqda. Biroq erda portlashlar va raketalar tushgan joylardagi kraterlarni koʻrsatuvchi videolar sizdirildi. Bu esa raketalarning Isroilning "Temir gumbaz" deb ataladigan mudofaa tizimi tomonidan toʻxtatilmaganini anglatadi.

Demak, Temir gumbaz, xuddi Isroil haqidagi boshqa narsalar kabi, qandaydir choʻpchakka oʻxshaydi. Isroil oʻz dushmanlariga ham, fuqarolariga ham etkazishga urinayotgan daxlsizlik aurasiga putur etdi. Dunyoga Isroil mudofaasi faqat Falastin qarshilik kuchlari jangchilari ishlatadigan oddiy raketalarnigina qaytara olishi maʻʻlum boʻldi. Eron, agar xohlasa, Isroilga zarar etkazish qobiliyatiga ega ekanligini yaqqol koʻrsatib qoʻydi.

AQSh Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning aytishicha, AQSh Eronning oʻz zarbalari uchun "ogʻir oqibatlarga" duch kelishini taʻʻminlash uchun Isroil bilan hamkorlik qiladi. Bu vaziyat jiddiy tus olishi mumkinligidan darak beradi.

Gʻarb rasmiylari Eronning hujumini "xavfli keskinlashuv" deb qoralashmoqda. Biroq ular Gʻazodagi bir yillik dahshatli voqealar, Livanga bostirib kirish yoki Isroilning qoʻshni davlatlardagi doimiy suiqasd zarbalari kabi Gʻarb tomonidan qoʻllab-quvvatlangan keskinlashuvlar haqida lom-mim deyishmayapti.

Eron hujumi haqida bemaʻʻni va qabul qilib boʻlmaydigan avj olish deb gapirganidan soʻng, matbuot vakillari Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Millerdan Isroilning soʻnggi uch haftadagi harakatlarini keskinlashuv deb hisoblash-hisoblamasligini soʻradi. Miller kulgili tarzda Isroilning keskin harakatlarini tan olishdan bosh tortib, buning oʻrniga Isroil terrorizmga qarshi kurashish uchun "nizoni kengaytirish choralarini koʻrdi," dedi.

Isroil Livanga bostirib kirishni boshlaganidan beri ommaviy axborot vositalarida ham xuddi shunday gʻalati soʻz oʻyinlarini koʻryapmiz. Ular «bosqinchilik» soʻzini ishlatmaslik uchun sarlavhalarida reydlar, "quruqlik hujumi," "quruqlik operatsiyasi" va "Isroil Livanga kirdi" kabi iboralarni qoʻllashmoqda. Aynan shu ommaviy axborot vositalari ilgari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini "maxsus harbiy operatsiya" deb atashini masxara qilgan edi.

Ha, doʻstlar: Eronning hujumlari "vaziyatni keskinlashtirmoqda"; Isroilning hujumlari esa "nizoni kengaytirmoqda". Livanning hujumlari – «terrorizm»; Isroilning hujumlari "oʻzini himoya qilish". Rossiya «bosqinchilik» qildi; Isroil "cheklangan quruqlik operatsiyasi"ni boshladi. Gʻazoni vayron qilish – shunchaki "7 oktyabrʻ voqealariga javob"; 7 oktyabrʻ voqealari esa «sababsiz» sodir boʻlgan. Ular qilsa yomon, biznikalar qilsa yaxshi.

Gʻarb imperiyasi boʻylab ikki yuzlamachilik avj olgan, chunki gʻarb imperiyasi asli kabi emas. U oʻzini tinchlik va barqarorlik tarafdori qilib koʻrsatadi, aslida esa urush va hukmronlikni yoqlaydi. U inson huquqlarini himoya qilayotgandek koʻrinadi, aslida esa zulm va zoʻravonlikni qoʻllab-quvvatlaydi. U haqiqat va adolat uchun kurashayotgandek tuyuladi, aslida esa yolgʻon va targʻibotni ilgari suradi.

Biz mana shunday distopiya ichida tugʻilganmiz va u bizni tobora juda xavfli yoʻlga boshlab bormoqda. Oʻzingizni undan ehtiyot saqlang, azizlar.

Ketlin Jonstoun, tahlilchi

Mavzuga aloqador