22.05.2024 10:43
Irlandiya ham Falastin mustaqilligini tan oldi
Norvegiya ortidan darhol Irlandiya ham Falastin davlatini rasman tan olganini eʻʻlon qildi. Ular ortidan Ispaniya bormoqda – bu haqdagi qarori 28 maydan kuchga kiradi.
"Bugun Irlandiya, Norvegiya va Ispaniya Falastin davlatini
tan olganini eʻʻlon qiladi va har birimiz ushbu qarorni amalga oshirish uchun barcha
zarur milliy choralarni koʻramiz", - dedi Irlandiya bosh
vaziri Saymon Xarris.
Uning
qoʻshimcha qilishicha, yaqin haftalarda bu muhim qadamni qoʻyishda boshqa davlatlar ham ularga
qoʻshiladi.
Jumladan,
Sloveniya oʻz qarorini 13 iyunʻ kuni eʻʻlon qilishi kutilmoqda. Belʻgiya va
Frantsiya ham bu qadamni tashlamoqchi.