Eron Isroilga tarixda misli koʻrilmagan raketa zarbalarini bergan tunda Tel-Avivda yana bir qonli voqea sodir boʻldi. Ikki nafar qurollangan falastinlik Isroil poytaxtining tarixiy Yaffa tumanida odamlarga qarata oʻq uzdi. Hodisada kamida etti kishi halok boʻldi, bir necha kishi jarohatlandi. Hujum qilganlar ham shahid etildi.

Tel-Avivning tarixiy markazi, Yaffa tumanida ikki qurolli kishi odamlarga qarata oʻt ochdi va pichoq bilan hujum qildi. Isroil politsiyasi maʻʻlumotlariga koʻra, etti kishi halok boʻlgan, yana bir necha kishi yaralangan. Boshqa manbalar sakkiz nafar halok boʻlgan (hujum qilganlar ham boʻlishi mumkin) va bir necha yaralangan, jumladan, uchtasi ogʻir ahvolda ekanligini maʻʻlum qilmoqda.

Politsiya maʻʻlumotlariga koʻra, ikkala hujumchi ham atrofdagilar tomonidan «zararsizlantirilgan». Politsiya ularning maqsadini «terrorizm» deb atadi.

Jerusalem Post nashrining yozishicha, politsiya hujumchilar soni uch nafar boʻlishi mumkinligini taxmin qilmoqda, ularning oxirgisi hamon Yaffada.

Hujum Eronning Isroilga raketa hujumi boshlanishidan biroz oldin va Isroilning Livan janubiga bostirib kirishi paytida sodir boʻlgan.

Hujumdan koʻp oʻtmay voqea joyi ustidagi havoda raketalar va zenit snaryadlari koʻrindi.

Mavzuga aloqador