21.05.2024 17:30
796
Pokiston hukumati fuqarolarni oʻta issiq havodan ogohlantirdi
Pokiston hukumati fuqarolarni havo harorati 40 darajadan oshib, 50 darajada etishi mumkinligidan ogohlantirdi. Panjob viloyati maʻʻmuriyati shu munosabat bilan barcha davlat va xususiy maktablarni bir haftaga yopishga qaror qildi.
Pokiston
meteorologiya xizmati matbuot kotibi Zahir Ahmad Babar odamlarni uyda qolishga va
iloji boricha quyoshdan saqlanishga chaqirdi.
Yuqori harorat oy davomida davom etishi kutilmoqda.
Rasmiyning soʻzlariga koʻra, mamlakatning koʻplab hududlarida
havo harorati 40 darajadan oshib, 50 darajaga etishi mumkin.
Panjob provintsiyasi maʻʻmuriyati yaqinlashib kelayotgan jazirama
toʻlqini munosabati bilan barcha davlat va xususiy maktablarni bir haftaga yopishga
qaror qildi.