Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatning shimoliy hududlarida yuzaga kelayotgan murakkab vaziyat sababli oʻzbekistonliklarga murojaat bilan chiqib, qator tavsiyalar berdi. Jumladan, xavfsizlik choralarini koʻrishga va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqirdi.

Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatning shimoliy hududlarida murakkab vaziyat vujudga kelayotganini eʻʻtiborga olib oʻzbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi, deya xabar qildi Gazeta.uz.

Elchixona fuqarolardan hozirgi paytda shaxsiy xavfsizlik choralarini koʻrishlarini va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni, Isroil hukumati va Oʻzbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib borishlarini tavsiya qildi.

Isroil frontorti qoʻmondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar (Home Front Command) mobil ilovasi yoki veb-sayti havolasini telefonga oʻrnatib olish soʻraldi.

«Zaruriyatsiz koʻchaga va boshqa koʻngilochar muassasalarga tashrif buyurmang. Iltimos, oʻz hayotingizni ehtiyot qiling», — deyiladi vakolatxona xabarida.

Shoshilinch yordam yoki maslahat uchun elchixona kontaktlari. Favqulodda yordam telefonlari:

03−672−2466;

03−672−2371;

03−758−5075;

03−758−5076.

Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: +972 54 485 1397.

Eslatib oʻtamiz, Isroil dushanba kunidan beri Livanga havo hujumlarini amalga oshirmoqda. Ushbu hujumlar davomida mamlakatda kamida 569 kishi, jumladan 50 bola va 94 ayol halok boʻlgan, 1800 dan ortiq kishi jarohatlangan. Oʻz navbatida, Livanning Hizyubulloh guruhi tomonidan ham Isroilga raketalar uchirilmoqda. TsAXAL ularning aksariyati urib tushirilgani, “biroq baʻʻzi binolar vayron boʻlganini” maʻʻlum qildi.

 

Mavzuga aloqador