Qozogʻiston Oliy sudi roʻmol oʻquvchi qizni himoya qilib chiqdi
Qozogʻiston Oliy sudi roʻmol oʻragani uchun darsga kiritilmagan oʻquvchi qizni himoya qilib chiqdi. Oliy sud maktab rahbariyatining xatti-harakatlari oʻquvchining taʻʻlim olish huquqini buzganini tan oldi. Qizning advokati shunga oʻxshash ishlar allaqachon Pavlodar, Qaragʻanda, Olmaota va Turkiston viloyatlarida koʻrib chiqilgani, barcha hollarda viloyat sudlari oʻquvchi qizlarning huquqlari buzilganligini tan olganini bildirdi.
Qozogʻiston
Oliy sudi roʻmol oʻragani uchun darsga kiritilmagan oʻquvchi qizni himoya qilib chiqdi,
deb xabar
bermoqda Ulysmedia.kz nashri.
Bu haqda
qizning manfaatlarini himoya qilgan taniqli advokat Jaslan Aytmaganbetov maʻʻlumot
berdi. Uning soʻzlariga koʻra, holat Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatidagi maktablardan
birida sodir boʻlgan va maktab oʻquvchisi roʻmol oʻragani uchun darsga kiritilmagan.
Sud qarori
Oʻquvchining
ota-onasi va advokati turli instantsiyalarda qizning huquqlarini himoya qilishga
urinib koʻrgan va ish
oxir-oqibat Oliy sudgacha etib borgan. Sud qaroriga koʻra, maktab rahbariyatining xatti-harakati
oʻquvchining taʻʻlim olish huquqini buzgan.
“Qozogʻiston Respublikasi Oliy sudi oʻz qarori bilan bunday
cheklovlar taʻʻlim olish huquqini buzayotganini tan olib, viloyat sudining qarorini
bekor qildi”, — dedi advokat ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
Jaslan Aitmaganbetov, shuningdek, sud jarayonida qizning
maktab formasi buzilmaganini koʻrsatganini taʻʻkidladi. “Buyruqda bosh kiyimlari yoki poyabzallar haqida hech narsa
aytilmagan, faqat diniy atributlar haqida soʻz ketgan. Sudʻya: „Ushbu roʻmolning diniy atributlarga
aloqadorligini tasdiqlovchi ekspertiza bormi?“, deb soʻraganida, sudlanuvchilar
bunday dalil keltira olmadilar”, deb tushuntirdi Aytmaganbetov.
Advokatning taʻʻkidlashicha, shunga oʻxshash ishlar allaqachon
Pavlodar, Qaragʻanda, Olmaota va Turkiston viloyatlarida ham koʻrib chiqilgan va barcha hollarda
viloyat sudlari oʻquvchi qizlarning huquqlari buzilganligini tan olgan.
2022 yilda musulmon maktab oʻquvchilarining 1600 dan ortiq
ota-onasi prezident
Tokaevga murojaat qilib, maktablarda namozxonalar ochish va roʻmol oʻrashga qoʻyilgan
taqiqni bekor qilish yoki musulmon oʻquvchilarning onlayn taʻʻlim olishiga ruxsat
berishni soʻradi.
Jamiyatdagi bahs-munozaralar
2023 yilda maktablarda roʻmol va hijobni taqiqlash masalasi
Qozogʻistonda bahs-munozaralarga sabab boʻlishda davom etdi. Baʻʻzilar forma
kiyishni talab qilishsa, boshqalar roʻmol oʻrashda muammo koʻrmadi. Iyunʻ oyida ijtimoiy
tarmoqlarda qozogʻistonlik oʻquvchi qiz hijobi tufayli soʻnggi qoʻngʻiroqqa borishga
ruxsat berilmagani haqida video tarqaldi.
Madaniyat va axborot vaziri Aida Balaevaning taʻʻkidlashicha,
koʻpchilik bu mavzudan oʻz manfaati uchun foydalanmoqda. Taʻʻlim vaziri Gani Beysembaev 2024 yilda
dinni taʻʻlim tizimidan ajratish kerakligini yana bir bor taʻʻkidladi.