Xorazmda ehson qutisidan pul oʻgʻirlamoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi
Xorazm
viloyatining Shovot tumanidagi “Yusuf Hamadoniy” ziyoratgohida ehson qutisidagi
pullarni oʻgʻirlashga uringan shaxs qoʻlga olindi. Ushbu shaxs Gurlan tumanida
istiqomat qiluvchi 33 yoshli fuqaro boʻlib chiqdi.
Xorazm
viloyatining Shovot tumanidagi “Yusuf Hamadoniy” ziyoratgohida ehson qutisini
ochishga uringan shaxs qoʻriqlash xizmati xodimi tomonidan qoʻlga olindi. “Xorazm
bugun” Telegram-kanalining xabar berishicha, hodisa joriy yilning 25 sentyabrʻ
kuni ertalabki 06:15 larda sodir boʻlgan.
Voqea
joyiga zudlik bilan etib kelgan Shovot tumani qoʻriqlash boʻlimi tezkor harakatlanuvchi
guruh xodimlari tomonidan holat oʻrganilganda, ehson qutisidagi pullarni
oʻgʻrilamoqchi boʻlgan ushbu shaxs Gurlan tumanida yashovchi 33 yoshli M.M. ekanligi
maʻʻlum boʻlgan.
Hozirda
mazkur holat yuzasidan tuman IIB masʻʻul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari
olib borilmoqda.