Bangladesh Qurolli Kuchlari ayol harbiy xizmatchilarga harbiy liboslarning bir qismi sifatida hijob oʻrashga rasman ruxsat berdi. 

Qayd etilishicha, mazkur farmoyish mamlakat armiyasi uchun ilgʻor qadam boʻlib, avvallari harbiy kiyimdagi ayollarga roʻmol oʻrashga ruxsat berilmagan. 

Hijob taqiqini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror sentyabrʻ oyida qabul qilingan hamda yangi siyosat qurolli kuchlarning ayol zobitlari, askarlar va tibbiyot xodimlariga oʻz kiyim uslubiga mos keladigan hijob kiyishga ruxsat beradi, deb yozadi Islam News Times of Karachi nashrina tayangan holda.

Bangladesh Qurolli Kuchlarida hijobning taqiqlanishi uzoq vaqtdan buyon bahs mavzusi boʻlib kelgan. 

Armiya rahbariyati yangi siyosat ayollarni Bangladesh qurolli kuchlari safiga qoʻshilishga undashiga umid qilmoqda.

Avvalroq Bangladesh muvaqqat hukumati armiya zobitlariga keyingi 60 kun ichida mamlakat boʻylab maxsus sud qilish huquqini bergani haqida xabar qilgandik.

Mavzuga aloqador