26.09.2024 17:25
Amerikalik yozuvchi Falastin ramzlarini taqiqlagan muzey mukofotini olishdan bosh tortdi
Pulitser mukofoti sovrindori, bengaliya-amerikalik yozuvchi Jumpa Lahiri Nʻyu-Yorkdagi Noguchi muzeyi mukofotini olishdan bosh tortdi. Bunga muzey rahbariyati avvalroq Falastin bilan birdamlik uchun oq-qora roʻmol kiygan uch xodimni ishdan boʻshatgani sabab boʻldi, deya xabar bermoqda Reuters.
“Jhumpa Lahiri kiyinish qoidalarimizga javoban 2024 yilgi Isamu Noguchi mukofotidan bosh tortdi. Uning fikrini hurmat qilamiz va siyosatimiz kimningdir qarashlariga toʻgʻri kelishi yoki mos kelmasligini tushunamiz”, — deya izoh berdi muzey maʻʻmuriyati.
Jumpa Lahiri 2000 yilda "Kasalliklar tarjimoni" kitobi uchun Pulitser mukofotiga sazovor boʻlishi ortidan dunyo miqyosida shuhrat qozondi.
Lahiriy prozasi bengal, nemis, golland, frantsuz, italyan, ispan, portugal, rumin, polyak, bolgar va rus tillariga tarjima qilingan.
2015 yilda AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan insoniyat milliy ordeni bilan taqdirlangan.
Oʻtgan yili yapon haykaltaroshi Isamu Noguchi asos solgan Nʻyu-York muzeyi xodimlariga siyosiy mansubligini koʻrsatuvchi har qanday alomatlarni taqiqlagan edi.