Bombalanayotgan Gʻazo: 356-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 356 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Rafah, Xon Yunis, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 41495 kishi shahid boʻldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Jenin va Al-Xalilga bostirib kirdi. Bosqinchilar Jeninga 60 birlik texnika joʻnatgan.
▪️Al-Qassam brigadalari Rafah sharqida ishgʻol tanklari va transport vositalari kolonnasini portlatish boʻyicha noyob operatsiya oʻtkazdi.
▪️Iroq qarshilik kuchlari 6 ta dron yordamida Umm al-Rashrash (Eilat-Heb.) portiga hujum qildi.
▪️Hizbulloh 11 ta harbiy amaliyot oʻtkazdi. Ulardan eng muhimi shimoliy mintaqani taʻʻminlovchi yirik oʻq-dorilar omborining yoʻq qilinishi boʻldi.
▪️Isroilning Livandagi tinch aholi nishonlariga uyushtirgan hujumlarining uchinchi kunida bir kunda 72 kishi halok boʻldi, 223 kishi yaralandi. Halok boʻlganlar orasida ayollar va bolalar koʻp.
▪️AQSh Kongressiga Isroilga ayrim turdagi qariyb 20 mlrd dollarlik qurollarni sotishni taqiqlovchi rezolyutsiya loyihasi kiritildi.
▪️Dunyo boʻylab Gʻazo va Livanda oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvchi namoyishlar boʻlib oʻtmoqda.