-
Makkada Saudiya Arabistoni va Xitoy hamkorligida ilk uchuvchisiz uchar taksi muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi. Saudiya havo taksilari yordamida haj paytida ziyoratchilarning harakatlanish tezligini oshirmoqchi.
-
Islom taraqqiyot banki (ITB) "Rogʻun" GESi qurilishini moliyalashtirish boʻyicha 550 million dollarlik loyihani maʻʻqulladi. Shundan 150 million dollar ITB tomonidan, qolgan 400 million dollar arab taraqqiyot fondlari tomonidan ajratiladi.
-
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolʻ Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonotni imzoladi. Mamlakatlar oʻrtasida jami 17 ta hujjat imzolandi.
-
Бугун, Зулҳижжа ойининг саккизинчи – Тарвия кунида кўплаб зиёратчилар ҳаж ибодатининг асосий амалларини бажариш учун Мино водийсига йўл олди. Қайд этилишича, одамларни ташиш учун 12 000 га яқин автобус ажратилган. Зиёратчилар шанба – ҳажнинг иккинчи куни Арафат тоғига йиғилишади. Арафатда дуолар ижобат бўлиши таъкидлангани учун унда "Раҳмат тоғи"га юзланиб Аллоҳ Таолога ёлбориш, тавба-тазаррулар қилиш, раҳмат-мағфират сўраш суннат амаллардандир.
-
Britaniya parlamentining 180 nafar a'zosi isroillik lobbichi guruhlar tomonidan moliyalashtiriladi. Jumladan, Leyboristlar partiyasi yetakchisi Key Starmer 2020-yilda bo‘lajak umumiy saylovlarda ishtirok etuvchi boshqa bir qancha nufuzli muxolifat nomzodlar bilan bir qatorda 64 ming dollar olgani ma'lum boʻldi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 252 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
2024 yil oxirigacha Katta ettilik davlatlari (G7) etakchilari Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan foydadan Ukrainaga 50 milliard dollar ajratish boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda AFP Elisey saroyiga tayanib, xabar berdi.
-
Joriy yilning 13 iyunʻ kuni Indoneziyaning Oʻzbekistondagi elchisi Toshkentda vafot etdi. Bu haqda elchixonaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berildi. 74 yoshli Sunario Kartadinata 2019 yildan beri Oʻzbekistonda diplomatik faoliyat olib borayotgandi. Hozircha elchixona uning oʻlimi sababini ochiqlamagan.
-
Guruhda 9 kishi boʻlgan va ulardan 8 nafari 2023 yilda fosh etilgan. Ular maxfiy hukumat maʻʻlumotlarini qoʻlga kiritish, shuningdek, siyosiy-harbiy josuslikda ayblanyapti. Tarmoq rahbari sugʻurta kompaniyasi egasi Ahmed Ersin Tumlujali boʻlib, tergov paytida u “josuslik faoliyati” uchun 300 ming evrogacha haq olishini maʻʻlum qilgan.
-
Фаластиннинг ҲАМАС қаршилик ҳаракати таклиф қилинган оташкесим ва гаровга олинганларни озод қилиш бўйича келишув шартларига ўзгартириш киритди. Унга кўра, ҳаракат БМТ ҳамда Хитой, Россия ва Туркиянинг сионистлар билан эришилган ҳар қандай келишувда кафил бўлишини истайди. Ушбу талаблар АҚШ ва Исроил томонидан рад этилган.