15.06.2024 09:21
743
Islom banki va arab fondlari Tojikistonga yordam beradi
Islom taraqqiyot banki (ITB) "Rogʻun" GESi qurilishini moliyalashtirish boʻyicha 550 million dollarlik loyihani maʻʻqulladi. Bu haqda "Asia-Plus" nashri xabar berdi.
Shundan 150 million dollar ITB tomonidan, qolgan 400 million dollar arab taraqqiyot fondlari tomonidan ajratiladi.
Ayni paytgacha ITB Tojikistonda 916 million dollar qiymatidagi qator loyihalarda ishtirok etgan. Bundan tashqari bank tomonidan energetika, transport, irrigatsiya, taʻʻlim va sogʻliqni saqlash sohalarida 237 million dollarlik 7 ta investitsiya loyihasi moliyalashtirilmoqda.
Maʻʻlumot uchun, "Rogʻun" GESi qurib bitkazilsa Markaziy Osiyodagi eng yirik GESga aylanadi. Stantsiya toʻliq ishga tushirilganidan soʻng, uning yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 13-17 milliard kilovatt/soatni tashkil etadi.