14.06.2024 17:30

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasida 17 ta hujjat imzolandi

 

 

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolʻ Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonotni imzoladi. Mamlakatlar oʻrtasida jami 17 ta hujjat imzolandi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Koreya prezidenti Yun Sok Yolʻ oʻrtasida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunlari boʻyicha ikki tomonlama hujjatlar toʻplami qabul qilindi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Davlat rahbarlari Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish toʻgʻrisidagi Qoʻshma bayonotni imzoladilar.

Davlat tashrifi doirasida jami 17 ta hujjat, shu jumladan:

– Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamgʻarmasi bilan hukumatlararo bitim;

– Koreya Eksport-import banki va Hyundai Rotem kompaniyasi bilan tezyurar elektr poezdlarini xarid qilish va etkazib berish toʻgʻrisida bitimlar;

– Koreya Eksport-import banki bilan oʻrta maktablar uchun fan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uskunalarini etkazib berish toʻgʻrisida bitim;

– «Toshkent Farma Park» innovatsion farmatsevtika klasteri loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitim;

– Oʻzbekiston davlat xizmatchilari salohiyatini oshirish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2025–2027 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;

– Jahon savdo tashkiloti doirasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

– Madaniyat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

– Transport sohasida hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv;

– Oʻzbekiston hududlarida markazlashgan issiqlik taʻʻminoti tizimlarini modernizatsiya qilish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv;

– Oʻta muhim minerallar sohasida sheriklik toʻgʻrisida kelishuv;

– Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma qoʻmitasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida kelishuv;

– Malakali va professional kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;

– Qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;

– “Oʻzsanoatqurilishbank” AJ bilan Koreya Eksport-import banki oʻrtasida banklararo master-kredit liniyasi toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Mavzuga aloqador