14.06.2024 14:02
747
Bombalanayotgan Gʻazo: 252-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 252 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Bosqinchilar Burij va Nuseyrat, Rafah va Dayr al-Balah lagerlariga hujum qildi. Bir kunda 30 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 37232 kishi shahid boʻldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Nablus, Qalqilya, Baytlahm va Jeninga hujum qilmoqda. 3 falastinlik halok boʻldi. Oʻnlab odamlar, jumladan, bir bola hibsga olingan.
▪️Al-Quds va Al-Qassam brigadalari: Biz Sderot, Ashdod, Asqalan va Niramga zarba berdik. Ular, shuningdek, Nitsapim oʻqi va Karem Shalom nazorat punktida bosqinchilarga hujum qilishdi.
▪️Husiylar Adan koʻrfazida Ukrainaning «Verbena» kemasini urib yuborishdi. «Athena» va «Sigardian» kemalari ham hujumga uchradi.
▪️Livanning Janata shahrida bosqinchilarning hujumi natijasida bir ayol felʻdsher halok boʻldi, yana 20 kishi yaralandi.
▪️UNRVA rahbari: Gʻazo yashash uchun yaroqsiz boʻlib qoldi, bu erda vayronagarchilikning oxiri yoʻq.
▪️Ommaviy ishgʻol: Hizbulloh shimoldagi barcha nishonlarni 50% dan ortiq muvaffaqiyat bilan uradi. Va uning razvedka qobiliyati eng yuqori darajada.
▪️Bayden yaqin kelajakda Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuv tuzishni kutmasligini aytdi.