Isroil 25 foiz britan deputatlarini moliyalashtiradi
Britaniya parlamentining 180 nafar aʻʻzosi isroillik
lobbichi guruhlar tomonidan moliyalashtiriladi. Bu haqda " Declassified UK" nashri maʻʻlum qildi.
Nashr tomonidan eʻʻlon qilingan roʻyxatda 130 nafar
konservativ va 41 nafar leyborist deputatning nomi keltirilgan. Bu siyosatchilar
Isroilga 240 dan ortiq pullik sayohatga chiqqan. Oddiygina shu safarlarning
qiymati 630 ming dollardan oshadi, deyiladi xabarda.
"Ushbu delegatsiyalarning aksariyati Isroil Tashqi
ishlar vazirligi bilan hamkorlikda moliyalashtiriladi — bu Isroil bilan
qirollikning qanchalik «osh-qatiqligi»ni anglatadi", – deyiladi tahlilda.
Bundan tashqari, Britaniya parlamentining 40 dan ortiq
aʻʻzosi toʻgʻridan-toʻgʻri Isroil davlat idoralaridan pul oladi.
Jumladan, Leyboristlar partiyasi etakchisi Key Starmer
2020 yilda boʻlajak umumiy saylovlarda ishtirok etuvchi boshqa bir qancha nufuzli
muxolifat nomzodlar bilan bir qatorda 64 ming dollar olgani maʻʻlum boʻldi.
"Falastinliklar genotsidini uyushtirayotgan
sionistlarning lobbi guruhidan moʻmaygina pul olib turgan har qanday odamning
parlamentga nomzodligiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Siyosatchilarning Isroilga qatnashi
va genotsid lobbisi bilan oʻzaro aloqasi hukumatimizning nega Isroilning urush
jinoyatlarini tan olgan holda tegishli chora koʻrmasligini tushunishimizga yordam
beradi", – deydi Huda Ammori, Palestine Action
harakati
asoschilaridan biri.