Qirgʻiziston goʻsht eksportini vaqtincha taqiqladi
Qirgʻiziston
goʻsht eksportini vaqtincha
taqiqladi
Oʻzbekistonda
goʻsht narxi koʻtarilib, eksport hajmi oshgani ortidan Qirgʻizistonda ham ushbu
mahsulot keskin qimmatlashdi. Shu sababli Qirgʻiziston hukumati goʻsht eksportiga
vaqtinchalik taqiq qoʻydi.
Qirgʻizistonda
Oʻzbekistonga eksport qilinishi tufayli goʻsht keskin qimmatlashdi, deya xabar
bermoqda «Akchabar» Qirgʻiziston Antimonopoliya xizmatiga tayangan holda.
Qayd
etilishicha, 2024 yil sentyabrʻ oyida Qirgʻiziston bozorlarida goʻsht narxining
keskin koʻtarilishi isteʻʻmolchilarni ham, davlat idoralarini ham xavotirga solgan.
Milliy statistika qoʻmitasi maʻʻlumotlariga koʻra, 2024 yilning avgustidan
sentyabrigacha boʻlgan davrda mol goʻshti narxi sezilarli darajada – 38,54 somga yoki
6,76 foizga oshgan.
Joriy
yilning avgust oyida mol goʻshtining oʻrtacha narxi bir kilogramm uchun 570,23 som (86,4
ming soʻm) etib belgilangan boʻlsa, sentyabrʻ oyidayoq bu koʻrsatkich 608,77 somga (qariyb
92 ming soʻm) etgan.
Avvaliga
tashkilot narxlarning oshishiga sentyabrdagi anʻʻanaviy toʻy mavsumi va ozuqa
etishmasligi sabab boʻlganini maʻʻlum qilgandi. Biroq hozirda Oʻzbekiston va
Tojikistonga goʻsht eksporti sezilarli darajada oshgani asosiy omil boʻlgani maʻʻlum
qilindi.
«Hozirda
katta hajmdagi goʻsht Oʻzbekistonga, u orqali Tojikistonga ketmoqda. Qishloq
xoʻjaligi vazirligi bunga javoban respublikadan goʻsht olib chiqishga vaqtinchalik
taqiq joriy etishni taklif qildi», — dedi Antimonopoliya xizmatining tartibga
solinadigan sohalar boʻlimi boshligʻi Sirgak Omorov «Akchabar»ga.
Goʻsht eksportiga qoʻyilgan vaqtinchalik taqiq oʻtgan hafta bekor
qilindi. Qayd etilishicha, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Antimonopoliya xizmatining
birgalikdagi faoliyati natijasida narxlar pasaytirilgan. Agar sentyabrʻ oyi
boshida oʻsish deyarli 100 soʻmni tashkil etgan boʻlsa, hozir narxlar avvalgi
darajasiga qaytdi, deyiladi xizmat xabarida.
Qirgʻiziston Milliy statistika qoʻmitasi maʻʻlumotlariga koʻra,
yanvarʻ-iyulʻ oylarida Oʻzbekiston Qirgʻizistondan 11,9 million dollarlik 61 ming boshdan ortiq tirik qoramol
olib kelgan, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 4,7 barobar koʻp (6,4 million
dollarga 12,8 ming bosh).
2023 yilda Oʻzbekiston 28,3 million dollarga 101,3 ming bosh
chorva mol import qilgan, bu 2022 yilga (16,9 million dollarga 20 mingdan ortiq)
nisbatan 5 barobar koʻp.
Oʻzbekiston Bojxona qoʻmitasi maʻʻlumotlariga koʻra, yanvarʻ-avgust oylarida qoramol goʻshtining umumiy importi 206,9 million dollarga 58,4 ming tonnani tashkil etgan, bu oʻtgan yilning sakkiz oylik koʻrsatkichidan (144.6 million dollarga 34,6 ming tonna) 1,5 barobar koʻp.