14.06.2024 12:19
718

"Katta ettilik" Rossiya aktivlaridan olingan foydani Ukrainaga berishga qaror qildi



2024 yil oxirigacha Katta ettilik davlatlari (G7) etakchilari Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan foydadan Ukrainaga 50 milliard dollar ajratish boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda AFP Elisey saroyiga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQShning ushbu tashabbusini Germaniya kantsleri Olaf Sholʻts "tarixiy qadam", deb atadi.

"Ukraina endi zarur qurollarni sotib olishi va oʻzini rekonstruktsiya qilish uchun etarli mablagʻga ega boʻlishi mumkin", – degan u. 

U, shuningdek, Putinning hamma Ukrainani qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortmagunicha urushni davom ettirmoqchiligi haqidagi soʻzlarini ham yodga olgan.

Mavzuga aloqador