14.06.2024 07:23
"Isroil va’dasini bajarmaydi". Hamas boshqa davlatlardan kafolat so’ramoqda
Falastinning HAMAS qarshilik harakati taklif qilingan otashkesim va garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha kelishuv shartlariga oʻzgartirish kiritdi. Unga koʻra, harakat BMT hamda Xitoy, Rossiya va Turkiyaning sionistlar bilan erishilgan har qanday kelishuvda kafil boʻlishini istaydi. Ushbu talablar AQSh va Isroil tomonidan rad etilgan.
Falastinning HAMAS qarshilik harakati taklif qilingan otashkesim va garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha kelishuv shartlariga oʻzgartirish kiritdi. Bu haqda "Al Majalla" nashri oʻz manbalariga tayanib xabar berdi.
Unga koʻra, harakat BMT hamda Xitoy, Rossiya va Turkiyaning sionistlar bilan erishilgan har qanday kelishuvda kafil boʻlishini istaydi.
Ushbu talablar AQSh va Isroil tomonidan rad etilgan.
Boshqa tuzatishlar sirasiga doimiy oʻt ochishni toʻxtatish va Isroil qoʻshinlarining Gʻazodan, jumladan, Rafah va Misr-Gʻazo chegarasidan olib chiqilishi uchun yangilangan vaqt jadvallari mavjud.
Bundan tashqari, HAMAS AQShdan doimiy otashkesim va Isroil ishgʻol kuchlarini Gʻazo sektoridan olib chiqib ketish haqidagi yozma kafolat berishini soʻramoqda.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken HAMASning bu kabi shartlarini qabul qilib boʻlmasligini aytib chiqdi.