03.10.2024 07:22

Flynas Eron havo hududi yopilgani uchun Toshkent — Jidda parvozlarini bekor qildi

Flynas va Qeshm Air aviakompaniyalari Eron havo hududi yopilgani sababli Oʻzbekistonga parvozlarni vaqtincha toʻxtatdi. Xorshanba kunidagi Jidda — Toshkent — Jidda va Tehron — Toshkent — Tehron parvozlari bekor qilindi.

Flynas va Qeshm Air aviakompaniyalari Eron ustidagi havo hududi yopilgani sababli Oʻzbekistonga parvozlarni vaqtincha toʻxtatdi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, bunga Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va havo hududining bir qismi yopilishi sabab boʻlgan.

2 oktyabrʻ kuni quyidagi reyslar bekor qilindi:

Flynas’ning KNE633/634 Jidda — Toshkent — Jidda va KNE651/652 Jidda — Namangan — Jidda yoʻnalishida

Qeshm Air aviakompaniyasining QSM2143/2142 Tehron — Toshkent — Tehron yoʻnalishida.

Ushbu reyslar haqida batafsil maʻʻlumot olish uchun aviakompaniya vakillariga murojaat qilish tavsiya etildi.

Maʻʻlumot uchun, Qeshm Air aviakompaniyasi 2023 yil avgustidan Tehron−Toshkent−Tehron yoʻnalishi boʻyicha muntazam reyslarini amalga oshirishni boshlagan. Flynas aviakompaniyasi esa Jidda — Toshkent — Jidda yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni 2023 yil martidan yoʻlga qoʻygan.

Mavzuga aloqador