-
Dogʻistonning Sergokalinskiy tumani rahbari Magomed Umarov qoʻlga olindi. Umarovning ikki oʻgʻli – Odil va Usmon Maxachqalʻʻa va Derbentdagi cherkov va sinagogaga uyushtirilgan hujumlarda qatnashgani, ikkalasi ham otib oʻldirilgani aytilmoqda. Ayni paytda Dogʻistonda terrorizmga qarshi operatsiya rejimi joriy etilgan: Maxachqalʻʻa va Derbentga kirish-chiqish yoʻllari toʻsib qoʻyilgan, politsiya mashinalarni tekshirmoqda.
-
23 iyunʻ kuni kechqurun Dogʻistonning Maxachqalʻʻa va Derbent shaharlarida nomaʻʻlum shaxslar sinagoga va cherkovga hujum qildi. Dogʻiston IIV qora kiyimdagi qurolli shaxslar Maxachqalʻʻadagi politsiya postini ham oʻqqa tutganini bildirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ularning politsiya mashinalariga qarata avtomatdan oʻq uzayotganini koʻrish mumkin. Hujumchilar bilan otishmada olti politsiyachi halok boʻlgan, yana 12 kishi yaralangani aytilmoqda. Shuningdek, kamida ikkita jangchi otib oʻldirilgan.
-
Yunon orollaridan biriga dam olgani borgan 17 nafar qozogʻistonlik sayyoh tasodifan oʻrmonga oʻt qoʻyib yuborishdi. Dam oluvchilarning ijaraga olgan yaxtasidan qirgʻoq boʻylab otgan mushaklari sabab qaragʻayzor olovlangan. Yongʻinni oʻchirishga 3 ta oʻt oʻchirish mashinasi va vertolyot jalb qilingan. Ayni paytda politsiya hodisa uchun javobgar 13 kishini qoʻlga olgani aytilmoqda.
-
Moskva va Anqara munosabatlari yana yangi inqiroz yoqasida turibdi: buning belgisi sifatida Rossiya etakchisi Vladimir Putinning Turkiyaga va shaxsan prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻon "manzili"ga qarata aytgan achchiq gaplarini keltirish mumkin. Iyunʻ oyida Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Anqarani Kievga harbiy yordam bergani uchun qoraladi va Erdoʻgʻon boshchiligidagi hukumat Gʻarb moliya institutlari bilan koʻproq "osh-qatiq" boʻlayotganidan noroziligini ifodaladi.
-
Moskva muftiyligi: masjidlarda mahalliy aholining ulushi ortib bormoqda
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 260 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Niger hukumati Frantsiyaning Orano kompaniyasiga dunyoning eng yirik uran konlaridan biriga aylanishi kutilayotgan "Imuraren" konini oʻzlashtirish uchun berilgan ruxsatnomani tayyorgarlik ishlari boshlanganidan bir hafta oʻtar-oʻtmas bekor qildi.
-
Rossiya, Xitoy, Braziliya, Hindiston, Janubiy Afrika, Efiopiya, Misr, Eron va BAAni oʻz ichiga olgan BRIKS bloki oʻzining toʻlov tizimini yaratib, oktyabrʻ oyida amalda joriy etishni rejalashtirmoqda. Yangi toʻlov tizimi BRIKS davlatlari rahbarlarining boʻlajak sammitida taqdim etiladi – yigʻilish 22-24 oktyabrʻ kunlari Qozon shahrida boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
-
Rasmiy Anqaraning Telʻ-Aviv bilan toʻgʻridan-toʻgʻri savdo aloqalarni toʻxtatish qaroriga qaramay, turk kompaniyalari Gretsiya kabi uchinchi davlatlar orqali Isroil bilan savdo qilishda davom etyapti. Maʻʻlumotlarga koʻra, may oyida Turkiyaning Gretsiyaga eksporti oʻtgan yilga nisbatan 71 foizga oshib, 375 million dollarga etgan.
-
23-26 iyunʻ kunlari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev taklifiga binoan Moʻgʻuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux davlat tashrifi bilan mamlakatda boʻladi. Oliy martabali mehmon tashrifining dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.