Livan soʻnggi 24 soat ichida havodan va quruqlikdan Isroil hujumlariga uchradi. Bu hujumlar natijasida 34 kishi, jumladan, 28 nafar tibbiyot xodimi halok boʻldi, 151 kishi jarohatlandi. Isroil tomonidan ham qurbonlar bor. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda Gʻazoda oʻldirish uchun bolalarni izlayotgani, 12 yoshli qizni oʻldirganini maqtangan bosqinchi yoʻq qilingani rasman tan olindi.

Isroil armiyasining soʻnggi 24 soat ichida Livanga uyushtirgan hujumlari natijasida 37 kishi halok boʻldi, 151 kishi yaralandi. Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi Isroilning mamlakatning turli hududlariga bergan zarbalari natijasida qurbon boʻlganlar haqida maʻʻlumot berdi.

Livan sogʻliqni saqlash vaziri Firas al-Abyad poytaxt Bayrut sharqidagi Baabda davlat kasalxonasida uyushtirgan matbuot anjumanida 2023 yil 8 oktyabrdan beri Livanda Isroil hujumlaridan 1974 kishi, jumladan 127 bola halok boʻlganini va 9384 kishi jarohatlanganini bildirdi.

Isroil hujumlarida 40 nafar sogʻliqni saqlash va birinchi yordam xodimi ham hayotdan koʻz yumganini maʻʻlum qilgan Ebyad koʻplab tibbiyot markazlari zarar koʻrganini taʻʻkidladi.

Shuningdek, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreesus JSSTning haftalik matbuot anjumanida birgina soʻnggi 24 soat ichida Livandagi Isroil hujumlarida 28 nafar tibbiyot xodimi halok boʻlganini maʻʻlum qildi.

2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroil hujumi ostida boʻlgan Gʻazoda 42 mingga yaqin odam, ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohilda esa 700 dan ortiq odam halok boʻlganini tilga olgan Gebreesus “Gʻazoda 10 mingdan ortiq odam hamon bedarak yoʻqolgani, 1,9 million kishi uy-joyini tark etganini” qoʻshimcha qildi.

Isroil armiyasi kecha Livan poytaxti Beyrutda 15 xil nuqtaga havo hujumi uyushtirganini maʻʻlum qildi. Isroil armiyasi oxirgi kunlarda Livan janubi, shuningdek, sharqdagi Bekaa vodiysi va Bayrut janubidagi Dahiya tumaniga hujumlarni kuchaytirgan.

Xususan, Isroilning Bayrutga bergan havo hujumida Hizbullohning yangi rahbari Hoshim Sayfuddin, yuqori martabali amaldorlari va Eron Inqilobiy Gvardiyasining Quds kuchlaridagi koʻplab zobitlar nishonga olingani xabar qilindi.

Oʻz navbatida, Hizbullohning Isroil chegarasida quruqlikdan hujum qilayotgan bosqinchilardan eng kamida 17 tasin oʻldirilganini bildirdi. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda Gʻazoda “goʻdaklarni izlayapmiz, lekin goʻdaklar qolmabdi, 12 yoshli bir qizni oʻldirdim, lekin goʻdak izlayapmiz”, deb chiqqan isroillik askar yoʻq qilingani rasman tasdiqlandi.

Mavzuga aloqador