22.06.2024 11:25
Niger hukumati frantsuzlarga eng yirik uran koniga kirishni taqiqladi
Niger hukumati Frantsiyaning Orano kompaniyasiga "Imuraren" uran konini oʻzlashtirishni taqiqladi, deya xabar bermoqda AFP tashkilot hisobotiga tayanib.
Konda tayyorgarlik ishlari boshlanganidan taxminan bir hafta oʻtib konni ishlatish uchun ruxsatnoma bekor qilindi
"Imuraren" koni zaxiralari 200 ming tonnani tashkil etib, dunyodagi eng yirik konlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
Avvalroq OAV Niger rahbariyati Frantsiyaning 15 yil avval oʻzlashtirishga ruxsat olgan konni oʻzlashtirish rejasidan norozi ekani haqida yozgan edi. Hozirgacha Orano Niger shimolidagi "Somair" konida uran qazib olishni davom ettirmoqda.
Noyabr oyida Frantsiya prezidenti Qozogʻiston va Oʻzbekistonga tashrif buyurib, ushbu davlatlar rahbarlari bilan uran qazib olish sohasidagi hamkorlikni muhokama qilgan edi.