23.06.2024 09:25

Rossiya va Turkiya munosabatlari sovuqlashyapti. Bunga sabab nima?

Moskva va Anqara munosabatlari yana yangi inqiroz yoqasida turibdi: buning belgisi sifatida Rossiya etakchisi Vladimir Putinning Turkiyaga va shaxsan prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻon "manzili"ga qarata aytgan achchiq gaplarini keltirish mumkin. Iyunʻ oyida  Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Anqarani Kievga harbiy yordam bergani uchun qoraladi va Erdoʻgʻon boshchiligidagi hukumat Gʻarb moliya institutlari bilan koʻproq "osh-qatiq" boʻlayotganidan noroziligini ifodaladi.

Saylovlar, sanktsiyalar va qurollar

Moskva Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Turkiya prezidentligi kursisini qayta egallaganidan soʻng Kremlning xayrixohligiga javoban oʻziga nisbatan doʻstona qadamlar tashlashidan umidvor edi. Biroq iqtisodiy muammolar Turkiyani AQSh va Evropa Ittifoqi(EI) bilan yaqinlashishga undayapti. Bu haqda Amerikaning Karnegi ilmiy-tadqiqot markazi ekspertlari maʻʻlum qildi.

Moskva va Anqara munosabatlari yana yangi inqiroz yoqasida turibdi: buning belgisi sifatida Rossiya etakchisi Vladimir Putinning Turkiyaga va shaxsan prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻon "manzili"ga qarata aytgan achchiq gaplarini keltirish mumkin. Iyunʻ oyida  Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Anqarani Kievga harbiy yordam bergani uchun qoraladi va Erdoʻgʻon boshchiligidagi hukumat Gʻarb moliya institutlari bilan koʻproq "osh-qatiq" boʻlayotganidan noroziligini ifodaladi.

Anqara rasmiylari bu tanqidni chetlab oʻtishdi, biroq Putinning oʻzining eng yaqin sheriklaridan biriga nisbatan ritorikasini kuchaytirishga nima undagani, jumladan, Rossiyadan Turkiyaga tabiiy gaz va bugʻdoy etkazib berishni toʻxtatish haqidagi tahdidlari koʻpchilikning eʻʻtiborini tortdi. Agar bunga Putinning qoldirilgan Turkiyaga safari, oʻzaro savdo hajmining qisqarishi va Anqaraning AQSh bilan qurol-yarogʻ etkazib berish masalalarida yaqinlashayotganini qoʻshsak, ikki davlat munosabatlarining sovuqlashayotganini sezish qiyinmas.

Nimadir notoʻgʻri bajarildi

Tahlilchilarning fikricha, 2023 yil may oyida Turkiyada boʻlib oʻtadigan prezidentlik va parlament saylovlari oldidan Kremlʻ Erdoʻgʻonga, shuningdek, uning "Adolat va taraqqiyot" partiyasiga pul tikkan. Moskva Anqaraga "Akkuyu" AES qurilishi uchun 20 milliard dollar ajratdi, shuningdek, turklarning 2022 yilda etkazib berilgan tabiiy gaz uchun toʻlovlarini kechiktirishiga rozi boʻldi.

Oʻshanda Rossiya rahbariyati Erdoʻgʻon qayta saylanganidan keyin bunga javoban doʻstona qadamlar tashlashiga umid qilgani aniq. Biroq Anqara mamlakatdagi ogʻir iqtisodiy vaziyat fonida AQSh va EI bilan yaqinlashishga qaror qildi. Erdoʻgʻon tez-tez Bryusselni EIga kirish boʻyicha muzokaralarni qayta boshlashga chaqira boshladi. Shuningdek, yanvarʻ oyining oxirida Anqara Shvetsiyaning NATOga aʻʻzo boʻlish arizasini bloklashni toʻxtatdi, shundan soʻng Qoʻshma Shtatlar modernizatsiya qilingan F-16 qiruvchi samolyotlarini etkazib berish boʻyicha taqiqlarini bekor qildi.

Shunday qilib, Anqara nihoyat F-16 ga muqobil sifatida Moskvadan Su-35 va Su-57 qiruvchi samolyotlarini sotib olish gʻoyasidan voz kechdi. Bundan tashqari, Anqara va Vashington Turkiya tomoni Rossiyaning S-400 zenit-raketa komplekslaridan voz kechishi sharti bilan turklarning F-35 qiruvchi samolyotlari dasturiga qaytishi boʻyicha muzokaralarni faollashtirdi.

Erdoʻgʻonning Vashingtonga tashrifidan yangi siljish kelishuvlari kutilgan edi. Dastlab u 9 mayga belgilangan edi, biroq nomaʻʻlum sabablarga koʻra soʻnggi daqiqada nomaʻʻlum muddatga qoldirildi. Turkiya Tashqi ishlar vazirligi tashrifga tayyorgarlik koʻrish maqsadida “yuqori darajadagi muloqot” davom etishi haqidagi soddalashtirilgan formuladan foydalandi.

Erdoʻgʻonning AQShga safari haqidagi muhokamalar Putinning Turkiyaga kutilayotgan tashrifi haqidagi xabarlar bilan bir vaqtda paydo boʻldi. Tashrif dastlab fevralʻ oyiga, keyin esa Rossiya Federatsiyasidagi prezidentlik saylovlaridan (15-17 mart) yoki Turkiyadagi munitsipal saylovlardan keyingi davrga (31 mart) rejalashtirilgan edi. Ammo hali ham aniq vaqt tayinlanmadi.

Ukraina masalasidagi ziddiyatlar

Anqaraning Ukrainadagi urush boʻyicha pozitsiyasi Kremlni gʻazablantiruvchi eng muhim omil boʻlib qolmoqda.

“Biz Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olamiz va shu asosda mojaro barham topishini istaymiz”, – deyiladi Turkiya Tashqi ishlar vazirligining Ukrainada urush boshlanganining ikki yilligi munosabati bilan bergan bayonotida.

Bu formula Kremlning didiga mos kelmasligi aniq. Moskva Anqaraning bunga oʻxshash munosabatlariga eʻʻtibor bermasa-da, ammo Kievga qurol-yarogʻ etkazib berishiga chiday olmaydi.

Misol uchun, fevralʻ oyi boshida Turkiyaning “Baykar” mudofaa kompaniyasi Kiev viloyatida TB2 yoki TB3 dronlari ishlab chiqariladigan zavod qurilishini boshlagani maʻʻlum boʻldi. Korxonada 500 ga yaqin kishi ishlaydi.

Rossiya rasmiylari shu paytgacha bu masalada juda ehtiyotkorlik bilan gapirgan. Biroq, SPXIF doirasida Putin tomonidan aytilgan qattiq soʻzlar Moskvaning Anqara siyosatidan gʻazablanganini koʻrsatdi.

Mavzuga aloqador