24.06.2024 00:07

Dogʻistonlik amaldor hibsga olindi. Uning oʻgʻillari qurolli hujumda qatnashgani aytilmoqda


Dogʻistonning Sergokalinskiy tumani rahbari Magomed Umarov hibsga olindi. Uning ikki oʻgʻli – Odil va Usmon Maxachqalʻʻa va Derbentdagi cherkov va sinagogaga uyushtirilgan hujumlarda qatnashgani, ikkalasi ham otib oʻldirilgani aytilmoqda. Bu haqda RBK xabar berdi.
 
"Katta Umarov Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari tomonidan soʻroq qilinmoqda", – deyiladi xabarda.
 
Mash Telegram-kanalining yozishicha, Umarovni olib ketish uchun yuborilgan mashina Sergokala qishlogʻida oʻqqa tutilgan. 

Avvalroq Umarov oʻz ixtiyori bilan isteʻʻfoga chiqmoqchi boʻlgan.

Soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, qurolli hujum oqibatida kamida 9 kishi halok boʻlgani va 25 kishi jabrlangani aytilmoqda. Dogʻistonda terrorizmga qarshi operatsiya rejimi joriy etilgan: Maxachqalʻʻa va Derbentga kirish-chiqish yoʻllari toʻsib qoʻyilgan, politsiya mashinalarni tekshirmoqda. Koʻchalarda harbiy texnikalar harakatini koʻrish mumkin. Otishma ovozlari tinmayapti.

Mavzuga aloqador