23.06.2024 22:58
Dogʻistonda qurolli shaxslar sinagogaga hujum qildi. Politsiyachilar halok boʻldi
23 iyunʻ kuni kechqurun Dogʻistonning Maxachqalʻʻa va Derbent shaharlarida nomaʻʻlum shaxslar sinagoga va cherkovga hujum qildi. Bu haqda birinchilardan boʻlib Baza Telegram-kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Derbentdagi provaslav cherkovi hududida oʻq ovozi eshitilib, tutun koʻtarila boshlagan. Ayni paytda shahar politsiyasi oyoqqa turgan.
Dogʻiston ichki ishlar vazirligi ham nomaʻʻlum shaxslar Derbentdagi pravoslav cherkovi va mahalliy sinagoga avtomat qurollari bilan oʻq uzganini bildirgan.
“Derbentda nomaʻʻlum shaxslar sinagoga va cherkovga avtomat qurollardan oʻq uzgan. Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, bir politsiyachi halok boʻlgan, bir nafari yaralangan. Gumonlanuvchilar qochib ketgan mashina oq rangli Volkswagen Polo ekani aniqlandi”, – deyiladi bu haqdagi dastlabki xabarda.
Koʻp oʻtmay rus Telegram-kanallarida oʻqqa tutilgan politsiya mashinalari, shuningdek yonayotgan cherkov tasvirlari tarqaldi.
Derbentga hujum bilan deyarli bir vaqtda Maxachqalʻʻadagi Ermoshkin koʻchasidagi cherkovda yongʻin sodir boʻlganligi maʻʻlum boʻldi. Voqea joyidan olingan videoda cherkovning uchinchi qavatidagi derazalaridan tutun chiqayotgani aks etgan.
Shundan soʻng Dogʻiston ichki ishlar vazirligi nomaʻʻlum shaxslar Derbent bilan bir qatorda poytaxtga ham hujum qilganini tasdiqladi.
Qoʻshimcha qilishicha, qora kiyimdagi qurolli shaxslar Maxachqalʻʻadagi politsiya postini ham oʻqqa tutgan. Tarqalgan videolarda ularning politsiya mashinalariga qarata avtomatdan oʻq uzayotganini koʻrish mumkin.
Soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, hujumchilar bilan otishmada olti politsiyachi halok boʻlgan, yana 12 kishi yaralangan. Dogʻiston IIV kamida ikkita jangchi oʻldirilganini maʻʻlum qilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda halok boʻlgan jangchilarning jasadlari aks etgan videolar joylashtirilmoqda. Shuningdek, Maxachqalʻʻadagi plyajda ularga aloqador shaxslarning hibsga olinganligi haqidagi tasvirlar ham mavjud.
Dogʻistonda terrorchilikka qarshi operatsiya rejimi joriy etilgani eʻʻlon qilingan.
Kutilmaganda Mash Telegram-kanali Maxachqalʻʻadagi pravoslav cherkovida 40 kishi garovga olingani haqida yozdi. Rasmiylar esa buni rad etgan.
Dogʻiston rahbari Sergey Melikov fuqarolarni xotirjamlikka chaqirgan.
"Bugun kechqurun Derbent va Maxachqalʻʻada jangarilar mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishgan. Dogʻiston politsiyasi esa ularga qarshi xavfsizlik choralarini koʻryapti. Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, xodimlar orasida jabrlanganlar ham bor. Hujumchilarning shaxsi aniqlanmoqda", – deb yozgan u oʻz sahifasida.
Rossiya federatsiyasi tergov qoʻmitasi allaqachon "terrorchilik harakati" (RF Jinoyat kodeksining 205-moddasi) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatgan.
"Sodir boʻlgan voqeaning barcha holatlari va terrorchilik hujumlariga aloqador shaxslar topiladi, ularning harakatlariga huquqiy baho beriladi", – deyiladi qoʻmita xabarida.