22.06.2024 12:56
737
Bombalanayotgan Gʻazo: 260-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 260 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Rafah, Nuseyrat lageri va Gʻazo markazidagi qochqinlar chodirlariga hujum qildi. Kun davomida 75 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon shahid boʻlganlar soni 37506 kishiga etdi.
▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Tulkarm, Halil, Qalkilya va Nablusga bostirib kirishdi. 2 kishi shahid boʻldi.
▪️Al-Qassam brigadalari Rafahda bosqinchilar bilan shiddatli janglar olib bormoqda. Qarshilik jangchilari Nitsarim oʻqi va Gʻazo markazida bosqinchilar guruhini yoʻq qildi.
▪️Hizbulloh: Biz bosib olingan Falastin shimolidagi harbiy nishonlarga 6 ta zarba berdik.
▪️Qizil Xoch: Gʻazodagi ofisimiz atrofida koʻchirilgan odamlar bilan toʻlgan hudud bombardimon qilindi.
▪️Kuba Janubiy Afrikaning Xalqaro sudda Isroilga qarshi daʻʻvosiga qoʻshildi.
▪️Husiylar oʻzlari ishlab chiqargan, 150 kg oʻq-dorilar bilan jihozlangan Toofan 1 birinchi boshqaruvchisiz kamikadze qayigʻini taqdim etdilar.
▪️Sionistlarning OAVlari: armiya HAMAS ustidan gʻalabani, Hizbullohga qarshi urushni eʻʻlon qilishga tayyorlanyapti.
▪️BMT Bosh kotibi: mintaqa va dunyo xalqlari Livanning yana bir Gʻazo sektoriga aylanishiga yoʻl qoʻymaydi.