-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 259 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Saudiya ArabistoniStatistika boshqarmasi tomonidan Haj hisobini yuritish boshlangan 1968 yildan buyon oʻtgan 56 yil ichida 100 million musulmon hoji boʻldi. Son-sanoqsiz ziyoratchilar esa kichik Haj – Umra amalini bajarganlar.
-
Fors Telegram kanallari Eron janubi-sharqidagi Zohidan (Siston va Balujiston viloyati) xalqaro aeroporti yaqinida kuchli portlash ovozi eshitilgani haqida yozmoqda. Hozircha Eron rasmiylari mazkur holatga izoh bermagan. Maʻʻlumot uchun sunniy balujlar istiqomat qiladigan Siston va Balujiston viloyatida tez-tez aksilhukumat namoyishlari va xavfsizlik kuchlariga qarshi toʻqnashuvlar kuzatiladi.
-
Yaponiya Rossiyaga qarshi jazo choralari doirasida Oʻzbekiston, Xitoy, Hindiston, Qozogʻiston va BAA kompaniyalarini qora roʻyxatga kiritdi. Sanktsiya roʻyxatiga Oʻzbekistondan elektron va telekommunikatsion uskunalar va ularning ehtiyot qismlari ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi Mvizion kompaniyasi ham oʻrin oldi.
-
Rasmiy Qohira Isroil armiyasi oʻz qoʻshinlarini toʻliq olib chiqib ketishi sharti bilan Gʻazo sektoriga kiradigan BMT boshchiligidagi arab kuchlari kontingentiga oʻz harbiylarini qoʻshishga tayyor.
-
Asosan musulmonlar yashaydigan davlatlarda islomiy qadriyatlar taqiqlanayotgan bir paytda, Islom dinidagi goʻzal odatlardan taʻʻsirlangan MMA jangchisi Jeff Monson musulmon boʻldi. Monson shahodat kalimasini aytishidan oldin nega bunday qarorga kelganini tushuntirdi. Uning aytishicha, jangchi butun umri davomida Xudoni izlagan, koʻp sayohatlar qilgan, turli diniy taʻʻlimotlarni oʻrgangan. Nihoyat Islom diniga duch kelgach, Haqni topganini anglagan. Shuningdek, Monson yovuz dushman bilan kurashayotgan falastinliklarning bardoshiga qoyil qolganini ham yashirmagan.
-
Tojkiston parlamentining yuqori palatasi qonunchilikka hijob hamda Islomning ikki bayrami – Ramazon va Qurbon hayitlarida bolalarning “Idgardak”anʻʻanaviy bolalar sayllarini nishonlashni taqiqlovchi tuzatishlarni maʻʻqulladi.
-
Moskvadagi qonli hujumlardan soʻng Rossiyada millatchilik va shovinizm qaytadan bosh koʻtardi. Muhojirlar kaltaklanmoqda, vandalizm va irqchilik holatlari koʻpaygan.
-
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Pxenʻyanga tashrifi chogʻida hamrohlik qilgan delegatsiya aʻʻzolari muzokaralar xonasidan chiqarib yuborildi. Rossiyalik mulozimlar zalga Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen Indan oldin kirgani KXDR protokol xizmatini gʻazablantirgan. Shimoliy Koreya davlat matbuoti va Rossiya kanallari orqali jonli efirda namoyish etilgan kutilmagan vaziyatdan soʻng, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, bosh vazir oʻrinbosarlari, mudofaa, sogʻliqni saqlash vazirlari va Roskosmos rahbari zaldan chiqib ketishga majbur boʻlgan.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 258 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.