Rasmiy taqiqlarga qaramay Turkiya mahsulotlari Gretsiya orqali Isroilga yuborilmoqda. Bu haqda Britaniyaning "Middle East Eye" tahliliy sayti maʻʻlum qildi. 

Qayd etilishicha, Anqaraning Telʻ-Aviv bilan toʻgʻridan-toʻgʻri savdo aloqalarini toʻxtatish qaroriga qaramay, turk kompaniyalari Gretsiya kabi uchinchi davlatlar orqali Isroil bilan savdo qilishda davom etyapti.  

Ushbu korxonalar Gretsiyani Turkiyaning sanoat bazasiga yaqinligi va sionistlarga tovar etkazib berish uchun qulayligi uchun afzal koʻradi.

Mamlakat eksportchilari assambleyasi (TIM) maʻʻlumotlariga koʻra, may oyida Turkiyaning Gretsiyaga eksporti oʻtgan yilga nisbatan 71 foizga oshib, 375 million dollarga etgan.

Eslatib oʻtamiz, prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻan Turkiya 9,5 milliard dollarlik aylanmasiga qaramay, Isroil bilan savdoni toʻxtatgani haqida maʻʻlum qilgan edi.

Mavzuga aloqador