-
Isroil harbiy kuchlari G‘azo sektori va qo‘shni davlatlarga hujumlarini davom ettirmoqda. Xususan, Burayj va Nusayrat qochqinlar lagerlariga uyushtirilgan hujumlarda 13 kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan. Yamanga berilgan zarbalarda 6 kishi halok bo‘ldi, 80 dan ortiq kishi jarohatlandi.
-
AQShning 46- va amaldagi prezidenti Jo Bayden joriy yilning noyabrʻ oyida boʻlib oʻtadigan saylovlarda ishtirok etmasligini maʻʻlum qildi. 81 yoshli Bayden oʻrniga demokratlar partiyasidan Kamala Xarris nomzodini ilgari surishini bildirdi. AQShda prezidentlarning almashishi siyosatning oʻzgarishiga sababchi boʻladimi – nuqtai nazar.
-
Oʻzbekistonda dunyoviy davlatchilik xavf ostida qolmoqda. Jamiyat va davlatdagi Eltuz kabi radikal ateizm tarafdorlari shunday tahdidni keltirib chiqarmoqda. Bugun sobiq kommunistik tuzum mafkurasi bilan zaharlangan, islomofobiya kabi buzgʻunchi gʻoyalar taʻʻsiriga tushib qolgan, radikal ateizm kabi yot gʻoyalarga aldangan shaxslar oyoqlanib, jamiyatimizda tinchlik va totuvlikka rahna solmoqda.
-
Isroilning Gʻazoni "yoʻq qilish" urushi - Falastin ozodligini xalqaro masalaga aylantirdi. Ommaviy axborot vositalarining yolgʻon axboroti yoki lobbistlar puli Isroilning buzilgan obroʻsini tiklashga yordam bera olmaydi. Koʻplab isroilliklar ham buni anglab etishmoqda – Al-Jazeera jurnalisti, siyosiy sharhlovchi Ramziy Barud maqolasidan.
-
Yamanning “Ansarulloh” harakati rahbari Abdulloh al-Husiy 7 iyulʻ kuni Saudiya hukmdorlariga yoʻnaltirilgan strategik xabarda oʻzaro yaqinlashgan ehtimoliy toʻqnashuvlar haqida ogohlantirdi: «Biz, albatta, banklarga banklar bilan, Riyoz aeroportiga Sanaa aeroporti bilan va dengiz portlariga dengiz portlari javob qaytaramiz.» Ushbu ogohlantirish Sanadan Saudiya Arabistoniga qaratilgan soʻnggi tahdidlar toʻlqinidan keyin berildi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 288 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Qibris (Kipr) orolida yashab kelayotgan turk musulmonlariga qarshi etnik tozalash va boshqa jinoyatlarga barham berish maqsadida 1974 yilning 20 iyulʻ kuni orolda tinchlikparvarlik amaliyoti oʻtkazilgan edi. Kod nomi “Atilla operatsiyasi” boʻlgan ushbu amaliyot Turkiya qurolli kuchlari orol shimoliga qoʻshin tashlashi (dastlab 10 ming nafar, keyinchalik ular soni 40 ming nafarga etkazildi) bilan boshlandi. Pentemili plyaji hududida qizgʻin jang boʻlib oʻtadi.
-
Uzoq-yaqindagi musulmonlar AQSh va Gʻarbdan qoʻrqib, Isroilga bir shapaloq ham tushirishga majoli etmayotgan bir paytda, kambagʻal va qoloq Yaman qariyb 2 ming chaqirimdan turib Isroilga ogʻriqli zarba bera oldi. Bu zarba hali boshlanishi, bu hujum Isroilning “qush ham uchib oʻta olmasligi” aytilgan “Temir gumbazi” zaifligidan, Isroilning havo hujumidan mudofaa tizimlari musulmonlarning lablariga uchiq toshtiradigan darajada qudratli emasligidan darak beradi.
-
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida frantsuz mustamlakachiligiga qarshi harakatlarning birinchi qurultoyi boʻlib oʻtdi. Unda Korsika, Melaneziya, Polineziya mustaqilligi uchun kurashayotgan 20 ga yaqin siyosiy partiya va harakatlar etakchilari, Frantsiya mustamlakachiligidan jabr koʻrgan Karib dengizi va Antil orollari guruhi, shuningdek, Gollandiyaning ikki mustamlakasi vakolatli vakillari ishtirok etdi.
-
BMTning Xalqaro sudi Isroilni Falastin hududlarini ishgʻol qilishni darhol toʻxtatishga chaqirdi. Shuningdek, Xalqaro sud Isroil Sharqiy Quddus va Gʻarbiy Sohilda bosqinchi hisoblanishini qayd etib, undan Falastin hududlaridagi “adolatsiz harakatlari” tufayli etkazilgan barcha zararni qoplashni talab qildi.