Tavakkul va iroda namoyishi: “qashshoq va qoloq” husiylar “qudratli va engilmas” Isroilga toʻgʻridan-toʻgʻri zarba berdi
Kuni kecha Yamandagi husiylar Isroilning Gʻazodagi hunrezliklariga javoban tarixda ilk bor 2 ming chaqirimdan turib Tel-Avivga uchuvchisiz uchoq bilan muvaffaqiyatli zarba bera oldi.
Uzoq-yaqindagi
musulmonlar AQSh va Gʻarbdan qoʻrqib, Isroilga bir shapaloq ham tushirishga majoli
etmayotgan bir paytda, kambagʻal va qoloq Yaman qariyb 2 ming chaqirimdan turib
Isroilga ogʻriqli zarba bera oldi. Bu zarba hali boshlanishi, bu hujum Isroilning “qush
ham uchib oʻta olmasligi” aytilgan “Temir gumbazi” zaifligidan, Isroilning havo
hujumidan mudofaa tizimlari musulmonlarning lablariga uchiq toshtiradigan darajada
qudratli emasligidan darak beradi.
Xuddi bir
zamonlar moʻgʻullar qarshisida tizzalari qaltirab, ularni yaʻʻjuj-maʻʻjuj deb atagan
va tutday toʻkilgan musulmonlar singari, bugun sonlari 2 milliarddan oshgan
musulmonlar Isroil, uning ortida turgan Amerika, Britaniya, Germaniya kabi gʻarb
mamlakatlaridan hayiqib, mazlum musulmonlarga yordam qoʻlini choʻza olgani yoʻq.
Biroq moʻgʻullarning yaʻʻjuj-maʻʻjuj emasligi, ular ham oddiy odamlar ekani, oʻlishi,
engilishi mumkinligini aynan Falastin tuproqlarida mamluklar etakchisi Sayfuddin
Qutuz tomonidan isbotlangan edi.
Biroq
eʻʻtibor bering, Ayni Jolutdagi bu jang milodiy 1260 yilda boʻlib oʻtdi. Moʻgʻullar
esa musulmonlar ustiga 1220-yillarda moʻr-malahdek yopirilishni boshlagan. Oradan 40
yilga yaqin muddat oʻtibgina musulmonlar qaddini tiklab, voqelikni anglab etdi.
Xoʻsh, Isroilning Falastinga hujumi qachon boshlandi? Qariyb yuz yillik bu
mustamlaka, bosqin va zoʻravonliklar ortiq toʻxtash nuqtasiga yaqinlashdi.
Nafaqat Isroil,
balki dunyoning “eng qudratli armiyasi”ga ega deb hisoblanadigan Amerika va
Rossiya (sobiq SSSR) ham komil eʻʻtiqod, mustahkam iroda, vatan muhabbati
qarshisida ojiz ekani Vʻetnam, Afgʻoniston zaminida necha bor isbotini topdi, tez
orada Isroil ham Falastin tuproqlarida tarixga aylanadi.
Bugun
Isroilning Falastin zaminidagi qilmishlari soʻnggi nafaslarini olayotgan
mahluqning jon talvasasida oʻzini u yoq-bu yoqqa urayotganiga oʻxshaydi. Koʻproq zarar
etkazish, koʻproq insonni oʻldirish, koʻproq erni tortib olish... Biroq bu ochkoʻz va
sarkash mahluqning kunlari oz qoldi, eganlarini qayt qilish, olganlarini
qaytarish, taslim boʻlish