20.07.2024 08:28
714

Xalqaro sud: Isroil Sharqiy Quddus va Gʻarbiy Sohilda bosqinchi hisoblanadi

BMTning Xalqaro sudi Isroilni Falastin hududlarini ishgʻol qilishni darhol toʻxtatishga chaqirdi. Shuningdek, Xalqaro sud Isroil Sharqiy Quddus va Gʻarbiy Sohilda bosqinchi hisoblanishini qayd etib, undan Falastin hududlaridagi “adolatsiz harakatlari” tufayli etkazilgan barcha zararni qoplashni talab qildi.

BMTning Xalqaro sudi Isroilni Falastin hududlarini ishgʻol qilishni darhol toʻxtatishga chaqirdi.

Xalqaro sud ishgʻol qilingan Falastin hududlari boʻlinib ketgan alohida hududlar emas, balki yagona hududiy birlik ekanligini taʻʻkidladi.

Xalqaro sudga koʻra, Isroil Sharqiy Quddus va Gʻarbiy Sohilda bosqinchi hisoblanadi.

Qayd etilishicha, Isroil tomonidan bosib olingan Falastin hududlarida tabiiy resurslardan foydalanish xalqaro huquq normalariga ziddir.

Xalqaro sud Isroilning bosib olingan hududlarda turar-joy qurish siyosati Jeneva konventsiyasi qoidalariga zid ekanligini taʻʻkidladi.

BMT tuzilmasi Isroilning bosib olingan hududlardagi harakatlari uning bu erda doimiy qolish niyatidan dalolat berishiga urgʻu qaratdi.

Xalqaro sud, shuningdek, Isroilning bosib olingan Falastin hududlari ustidan suverenitetga ega emasligini taʻʻkidladi.

Barcha davlatlar Isroilning bosib olingan Falastin hududlarida mavjudligini tan olmasliklari va bu mavjudligiga yordam bermasliklari yoki qoʻllab-quvvatlamasliklari shartligi qayd etildi.

Isroildan bosib olingan Falastin hududlaridagi “adolatsiz harakatlari” tufayli etkazilgan barcha zararni qoplash talab qilindi.

Mavzuga aloqador