22.07.2024 08:20

Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqdi: AQSh siyosatida oʻzgarish boʻladimi?

AQShning 46- va amaldagi prezidenti Jo Bayden joriy yilning noyabrʻ oyida boʻlib oʻtadigan saylovlarda ishtirok etmasligini maʻʻlum qildi. 81 yoshli Bayden oʻrniga demokratlar partiyasidan Kamala Xarris nomzodini ilgari surishini bildirdi. Kamala Xarrisning gʻolib chiqish imkoniyatlari qanday, AQShda shaxslarning almashishi siyosatning oʻzgarishiga sababchi boʻladimi – nuqtai nazar.

Jo Bayden Amerika Qoʻshma Shtatlarida noyabrʻ oyida boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini maʻʻlum qildi. Bu haqda u 21 iyulʻ kuni X ijtimoiy tarmogʻida eʻʻlon qilingan maktubida bildirdi.

«Prezidentingiz sifatida xizmat qilish hayotimdagi eng katta sharafdir. Men qayta saylanish niyatida boʻlsam-da, oʻz partiyam va mamlakatim manfaatlariga koʻra, nomzodimni rad etishim va qolgan muddat davomida faqat prezidentlik vazifamni bajarishga eʻʻtibor qaratishim kerak deb hisoblayman», — dedi u amerikaliklarga murojaatida.

Uchinchi marotaba koronavirusga chalingan 81 yoshli Bayden yaqin kunlarda televidenie orqali xalqqa murojaat qilishga vaʻʻda berdi.

Koʻp oʻtmasdan vitse-prezident Kamala Xarris Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod ekanini eʻʻlon qildi.

Esingizda boʻlsa, avvalroq demokratlar partiyasining saylovoldi kampaniyasiga mablagʻ ajratuvchi koʻplab milliarderlar Baydenning ahvolidan xavotirda ekani haqida yozgandik. Norozilik va tanqidlar ayniqsa 27 iyunʻ kuni respublikachilar vakili, sobiq prezident va milliarder Donalʻd Tramp bilan boʻlib oʻtgan debatlardagi magʻlubiyatidan soʻng avj oldi.

Xoʻsh, Jo Baydenning prezidentlik poygasidan chiqishi va oʻrnini ayol kishi egallashi, demokratlar gʻolib kelgan taqdirda ham, AQSh siyosatining oʻzgarishiga sabab boʻladimi? Yoxud mamlakat boshqaruvi Donalʻd Tramp timsolida respublikachilar qoʻliga oʻtishi nimani oʻzgartiradi?

Bu savollarga oldindan aniq javob berish qiyin, ammo AQShning yaqin va uzoq oʻtmishiga bir qur nazar tashlab, taxminiy xulosalarni chiqarish mumkin. Ha, Amerikada shaxslar hech narsani oʻzgartira olmaydi, oʻzgartirishga uringanlari esa 1963 yil 22 noyabrda mamlakatning 35-prezidenti Jon Kennedi kabi otib tashlanadi. Toʻgʻri, ushbu qotillikning turli konspirologik taxminlarga aloqadorligi isbotini topmagan, biroq Kennedining sovuq urushga barham berish, Sobiq Ittifoq bilan yadroviy amaliyotlarni qisman cheklash boʻyicha kelishuvga erishgani, Vʻetnamdan qoʻshinlarni olib chiqish kabi rejalari “urush va qondan nafas oluvchi”, prezidentlik poygalarini moliyalashtirib, kuchli lobbi hosil qilgan milliarderlar, qurol-yarogʻ ishlab chiqaruvchilari va tujjorlariga yoqmasligi aniq.

Yuqorida tilga olingan “Baydendan norozi milliarderlar” hamon AQSh siyosatini “chizib”, “oʻlchab” berishmoqda. Biroq mamlakat siyosati, umuman olganda taqdiri faqat bir guruhning qoʻlida qolgan emas. Kuchli qarshi tomon ham bor – respublikachilar. Yaʻʻni, ayni paytda Donalʻd Tramp tarafdorlari.

Respublikachilar vakillari prezidentlik qilgan davrlarga bir nazar tashlansa, ular koʻproq Amerikani kuchliroq va boyroq koʻrishni xohalashadi, degan tasavvurni uygʻotishadi. Yaʻʻni, AQSh ular davrida turli xalqaro mojarolardan uzoqlashib, koʻproq ichki masalalarini hal qilishga urgʻu qaratishadi. Masalan, 1973 yil 27 yanvarʻ kuni respublikachilardan Richard Nikson 15 yil davom etgan va AQShning magʻlubiyati bilan tugagan Vʻetnamdagi qirgʻinbarot urushini toʻxtatish toʻgʻrisidagi Parij tinchlik kelishuviga imzo chekdi. Koʻp oʻtmay, 1974 yil 8 avgust kuni mashhur “Uotergeyt ishi” ortidan impichment eʻʻlon qilinib, muddatdan oldin vakolatini tamomlagan yagona AQSh prezidentiga aylandi. Ha, milliarderlar unga rahm qilishgandi.

AQSh qonli panjalarini yozgan Iroq va Afgʻonistondagi urushlar ham aynan demokrat prezidentlar tomonidan boshlatilib, respublikachilar tomonidan tugatilgan (aniqrogʻi proksi urushlarga aylantirilgan). Eʻʻtibor bering, AQShning birinchi afroamerikalik prezidenti, demokrat Barak Obama (uning qaysi dinga eʻʻtiqod qilishini aytish qiyin, ammo musulmon oilasida dunyoga kelgani va diniy amallarni bajarmagani maʻʻlum –  muallif) davrida ham Amerika qoʻshinlari Iroqqa keng koʻlamli hujumlarni qaytadan boshladi.

Ammo yuqoridagilar respublikachilar yaxshi, demokratlar yomon degan maʻʻnoni keltirib chiqarmaydi. Har ikkala front ham aslida kuchli lobbilar tomonidan boshqariladi, moliyalashtiriladi. Respublikachilarning ayniqsa muhojirlarga nisbatan siyosati qattiq boʻlib, mamlakatdagi millionlab musulmon muhojirlar uchun ham taalluqli boʻlgan cheklovchi, deportatsiya qiluvchi tartiblarni joriy etishi bilan ajralib turadi.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, qon va qurol ustiga qurilgan mamlakat qaysidir maʻʻnoda bir guruh qoʻlida urushsa, ikkinchisining qoʻli ostida keyingi qirgʻinbarotlar uchun kuch toʻplab, tayyorgarlik koʻradi. Biroq bir lahza boʻlsa ham yovuzlik va zulm fikridan qaytmaydi. Musulmonlar esa oʻzligiga qaytishi, Allohning arqonini mahkam tutib, boʻlinmasligi va oʻrinlarida sobitqadam boʻlishlari shart. Allohning kalomini oʻqib-oʻrganib, hayotlarini uning asosida qurishlari lozim.  

 

Mavzuga aloqador