Ozarbayjon mustamlakachilikka qarshi jabha ochdi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida frantsuz mustamlakachiligiga qarshi harakatlarning birinchi qurultoyi boʻlib oʻtdi. Unda Korsika, Melaneziya, Polineziya mustaqilligi uchun kurashayotgan 20 ga yaqin siyosiy partiya va harakatlar etakchilari, Frantsiya mustamlakachiligidan jabr koʻrgan Karib dengizi va Antil orollari guruhi, shuningdek, Gollandiyaning ikki mustamlakasi vakolatli vakillari ishtirok etdi.
17-18 iyulʻ kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida frantsuz
mustamlakachiligiga qarshi harakatlarning birinchi qurultoyi boʻlib oʻtdi.
Unda Korsika,
Melaneziya, Polineziya mustaqilligi uchun kurashayotgan 20 ga yaqin siyosiy partiya va harakatlar etakchilari, Frantsiya
mustamlakachiligidan jabr koʻrgan Karib dengizi va Antil orollari guruhi,
shuningdek, Gollandiyaning ikki mustamlakasi vakolatli vakillari ishtirok etdi.
Kongress yakunlari boʻyicha xalqaro ozodlik jabhasini tashkil etish toʻgʻrisidagi
deklaratsiya imzolandi va uning nizomi tasdiqlandi.
Hujjatda irqchilik va repressiya siyosati, xususan, Frantsiya
hukumati tomonidan Yangi Kaledoniya va boshqa mustamlaka hududlarida sodir etilgan
jinoyatlar qoralanadi.
Xalqaro ozodlik jabhasining tashkil etilishi frantsuz mustamlakachiligiga qarshi
markazlashgan platformani shakllantirishga qaratilgan. Qurultoy ishtirokchilari
mustaqillik uchun kurashda yanada yaqinroq birlashishga, shuningdek, frantsuz mustamlakachiligi
ustidan gʻalaba qozonish va mustaqillikka erishish yoʻlidagi harakatlarini muvofiqlashtirishga
qaror qildilar.
Jabha mustamlakachilik ostida qolayotgan boshqa hududlarning
aʻʻzolari uchun ochiq boʻladi. Uning kelajakdagi faoliyati mustamlakachilikni yoʻq
qilish strategiyasi, harakat rejasi va kun tartibini ishlab chiqish hamda ularni xalqaro
tashkilotlarga taqdim etishni oʻz ichiga oladi.