Bombalanayotgan Gʻazo: 288-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 288 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Xalqaro sud qaroridan soʻng
bosqinchilar Gʻazoning barcha hududlari - Jabaliya, Nusayrat va Bureyj lagerlari,
Shayx Radvan hududi, Xon Yunis, Gʻazo markazi, Rafah va Dayr al-Balahga yanada katta kuch bilan
hujum qildi. Oʻnlab odamlar halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 38 848 kishi
shahid boʻldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Xalil,
Nablus, Baytlahm, Qalqilya va Jeninga bostirib kirishadi. Bosqinchilar 2 hafta
oldin qoʻyib yuborgan 19 yoshli yigit oʻldirilgan.
▪️Al-Qassam brigadalari Al-Quds jangchilari bilan birgalikda
Nitsarim oʻqi va Rafahda bosqinchilar otryadiga hujum qildi. Jumladan, Rafah shahri gʻarbidagi Tal-as-Sultan
mavzesida Isroil piyoda askarlari tunnelda oldindan tayyorlab qoʻyilgan pistirmaga
tushirildi.
▪️Hizbulloh: Kun davomida bosqinchilarga qarshi 16 ta operatsiya oʻtkazdik.
Shuningdek, Illitdagi 91-divizion shtab-kvartirasi pozitsiyalariga «Jihod»
raketalari bilan hujum qilindi.
▪️JSST: Gʻazodagi oqava suvlarda poliomielit virusi
aniqlangani koʻchirilgan falastinliklar allaqachon yuqtirilgan va virus aylanib
yurganini anglatadi. Bu yangi falokat.
▪️Yaman, Iordaniya, Livan, Pokiston, Tunis, AQSh va Kanadada
Falastinni qoʻllab-quvvatlash uchun minglab namoyishlar boʻlib oʻtdi.