-
Falastinning HAMAS harakati va Fath partiyasi vakillari Pekinda oʻn yilliklar davom etgan ziddiyatlarga barham berish va Falastin birligini mustahkamlash boʻyicha kelishuvni imzoladi. 21 iyulʻ kuni Falastin guruhlari oʻrtasida boshlangan muzokaralarda HAMAS va Fathdan tashqari, yana 12 ta Falastin harakati vakillari ishtirok etdi.
-
Saudiya Arabistoni ijtimoiy tarmoqlar va OAVda qirollik Isroil Yamanning Hudayda shahriga bergan aviazarbalariga aloqador ekani haqidagi mish-mishlarni rad etdi. “Qirollik hech kimning oʻz havo hududini buzishiga yoʻl qoʻymaydi”, - dedi Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Turki Al-Maliki.
-
Standard & Poor's reyting agentligi eʻʻlon qilgan statistik maʻʻlumotlarga koʻra, 2024 yilning birinchi yarmida jahon miqyosida sukuk emissiyasining umumiy hajmi 91,9 milliard dollarni tashkil etgan. Qayd etilishicha, joriy yil boshidan buyon islomiy sukuk obligatsiyalarini chiqarishda tezlashuv kuzatildi, koʻplab davlat idoralari va xususiy sektor oʻz rejalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan likvidlikni taʻʻminlash uchun ushbu vositaga tayanmoqda.
-
AQSh prezidenti Jo Bayden davlat rahbari lavozimida ishlashda davom etishini eʻʻlon qildi. Bayden prezidentlik poygasidan chiqqanidan soʻng Vakillar palatasi spikeri, respublikachi Mayk Jonson davlat rahbarini isteʻʻfoga chiqishga chaqirgan edi.
-
Rossiya sudlari Ukrainadagi urush boshlanganidan buyon 53 nafar faol va muxolifatchini majburiy psixiatrik davolanishga hukm qildi.
-
Qurʻʻoni karim - Allohning kalomidir. Undan bir qator gʻaybiy xabarlar ham oʻrin olgan boʻlib, ushbu gʻaybiy xabarlarga bagʻishlangan risolamizning navbatdagi qismida Sabaʻʻ xalqi va buzilgan toʻgʻon haqida suhbatlashamiz. Navbatdagi qism videosini saytimizda tomosha qilishingiz mumkin.
-
2014 yil iyunʻ oyida Iroqning Mosul va boshqa hududlarini qoʻlga kiritgan IShID terror tashkiloti Tal Afar tumanida xalq tili bilan “Doʻzax qudugʻi” deb ataladigan botiqqa 1000 dan ziyod tinch aholi vakillari, jumladan, bolalar va ayollarni oʻldirib, koʻmgan. Ular orasida Iroq turkmanlari vakillari ham bor. Bugungi kunda ushbu hududdagi ommaviy qabrlardan jasad qoldiqlari chiqarib olinib, DNK tekshiruvidan oʻtkazilmoqda va shaxslari aniqlanmoqda.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 290 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Pokistonning Frankfurtdagi konsulxonasiga nomaʻʻlum shaxslar hujum qildi. Ularning qoʻllarida Afgʻonistonning 2021 yilgacha qoʻllanilgan bayroqlari boʻlgan. Pokiston TIV Germaniyaning konsullik binolari va xodimlari xavfsizligini taʻʻminlamaganini keskin qoraladi.
-
Bangladesh Oliy sudi yakshanba kuni mamlakat boʻylab talabalar noroziligiga sabab boʻlgan mustaqillik uchun kurashganlarning farzandlarini davlat ishiga olish boʻyicha 30 foizlik kvotani bekor qildi. Oxirgi kunlarda roʻy bergan ommaviy tartibsizliklar natijasida kamida 114 kishi halok boʻldi.