Gʻazo Gʻarbni oʻzgartiryaptimi?
Isroilning Gʻazoni "yoʻq qilish" urushi - Falastin ozodligini xalqaro masalaga aylantirdi. Ommaviy axborot vositalarining yolgʻon axboroti yoki lobbistlar puli Isroilning buzilgan obroʻsini tiklashga yordam bera olmaydi. Koʻplab isroilliklar ham buni anglab etishmoqda – Al-Jazeera jurnalisti, siyosiy sharhlovchi Ramziy Barud maqolasidan.
Uzoq vaqt davomida bizga
Isroil maxsus maqomga ega boʻlgani bois Evropa boʻylab Falastin huquqlari uchun
kurashish siyosatda yutqiziqqa sabab boʻladi, deb uqtirishdi. Biroq Isroil va gʻarb
oʻrtasidagi bunday yaqinlik faqat siyosat emas, balki boshqa sabablar orqali mustahkamlangan.
Qoʻshma Shtatlar, Buyuk Britaniya va Frantsiya kabi mamlakatlarda Isroil tarafdorlari
kuchli saylovchilar sifatida xizmat qilib kelishadi.
Pul, ommaviy axborot
vositalariga taʻʻsir va boshqa nufuzli siyosiy va diniy doiralar bilan ittifoqlar
orqali lobbistlar koʻpincha siyosatchilarning kelajagini belgilab berishadi.
Amerika Isroil Jamoatchilik
ishlari qoʻmitasi (AIPAC) Isroil tarafdorlari lobbisining kuchini namoyish etuvchi
tashkilotdir. AQSh saylovlarining har bir davri odatda AIPAC tomonidan amalga
oshiriladigan nomutanosib siyosiy kuchni namoyish etadigan voqealarga boy kechadi. Masalan, iyunʻ
oyida progressiv vakil nʻyu-yorklik demokrat Jamaal Bouman Isroilparast nomzod
tomonidan agʻdarildi. AIPAC Boumanni almashtirish uchun 15 million dollar sarflagan.
Biroq endilikda
lobbining qoʻllab-quvvatlashi siyosiy muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik kafolati
emas. Buning sabablari – oddiy amerikaliklar orasida Falastinning ozodlik uchun
kurashi haqida xabardorlikning oshishi, baʻʻzi ilgʻor toifa vakillarining
muvaffaqiyatli qarshilik strategiyasi va Demokratlar partiyasining oʻzgarib
borayotgan siyosiy demografiyasidir.
Isroilning
Gʻazoni "yoʻq qilish" urushi -
Falastin ozodligini xalqaro masalaga aylantirdi. Ommaviy axborot
vositalarining yolgʻon axboroti yoki lobbistlar puli Isroilning buzilgan obroʻsini
tiklashga yordam bera olmaydi. Koʻplab isroilliklar ham buni anglab etishmoqda.
Dahshatli urush,
Falastin xalqining qatʻʻiyati va global birdamlik harakatlari dunyo boʻylab koʻplab
hukumatlarni Falastinni qoʻllab-quvvatlash uchun kuchliroq pozitsiyani egallashga
undaydigan turtki boʻlib xizmat qilyapti.
Yaqinda butun
Evropa boʻylab yoyilgan Falastin davlatini tan olish toʻlqinlari bu haqiqatni
tasdiqlaydi.
Ispaniyaning
sotsialist bosh vaziri Pedro Sanches Ispaniyaning Falastinni tan olish bilan bogʻliq
qarorini "Falastin xalqining qonuniy intilishi uchun tarixiy adolat"
bilan bogʻladi.
Mamlakatning bosh
vazir oʻrinbosari Yolanda Diaz 23 may kuni Ispaniya "inson huquqlarini himoya
qilish va Falastin xalqining qirgʻin etilishiga chek qoʻyish uchun bosim oʻtkazishni
davom ettiradi" deb aytdi. Diaz oʻz bayonotini "Daryodan dengizgacha,
Falastin ozod boʻladi" deya yakunladi.
Agar bunday
munosabat bitta mamlakat bilan cheklangan boʻlsa, u davlat "radikal"
istisno sifatida qaraladi. Ammo Ispaniya hozir birgina istisno emas, balki bitta
misol xolos.
Frantsiya
saylovlarining rasmiy natijalari eʻʻlon qilinishidan oldin ham, "Boʻysunmas
Frantsiya" parlament bloki prezidenti Matilda Panot 7 iyulda blok ikki hafta
ichida Falastin davlatini tan olishini eʻʻlon qildi. Panotning eʻʻlonidagi
qiziqarli jihat shundaki, u Falastinni tan olishni ramziy harakat deb
hisoblamagan, balki buni "biz Isroilga bosim oʻtkazish uchun mavjud boʻlgan
vositalardan biri" deb taʻʻkidlagan.
Frantsiyadagi
soʻllar uchun Falastin masalasini qoʻllab-quvvatlash juda qizgʻin saylovlar davrida
salbiy omil boʻlmagan. Balki bu ularning muvaffaqiyatining sirlaridan biri edi.
Oʻng va oʻta oʻng partiyalar Gʻazo urushidagi salbiy pozitsiyasi tufayli soʻllarni
engishga qatʻʻiyat bilan harakat qilganiga qaramay, ular juda yomon natijaga duch
kelishdi.
Shunga oʻxshash
vaziyat Buyuk Britaniyada ham takrorlandi. Konservatorlarning Isroilning qatʻʻiy
qoʻllab-quvvatlashi, salbiy omil boʻlmasa ham, besamar boʻlib chiqdi. Gʻolib boʻlgan
Leyboristlar partiyasining baʻʻzi Isroil tarafdorlari aʻʻzolari ham mustaqil
nomzodlar tomonidan magʻlubiyatga uchratildi yoki ovozlari keskin tarzda kamaytirildi.
Blekburn shahrida
Leyboristlar partiyasining Keyt Xollerni magʻlub etgan mustaqil Adnan Xusayn oʻz
bayonotida buni juda yaxshi ifodalagan. "Men sizning Gʻazo xalqiga qarshi
amalga oshirilayotgan adolatsizlikka nisbat fikrlaringizni bizning
"vakillarimiz" magʻlubiyatga uchragan joylarda eshittirishga vaʻʻda
beraman", deb yozgan u.
Evropada
Falastin tarafida boʻlish yoki kamida Isroilni qatʻʻiy qoʻllab-quvvatlashga qarshi
siyosiy oʻzgarish har kimning umid qilganidan yoki kutganidan ancha tezroq sodir
boʻlmoqda.
Garchi urush bu jarayonda
katta rol oʻynagan boʻlsa-da, kelgusi yillarda bu oʻzgarish yanada kuchayishi
kutilmoqda, chunki Evropa saylovchilari oʻz hukumatlarining Isroilni koʻr-koʻrona
qoʻllab-quvvatlashidan charchagan. Ular oʻzlarining demokratik tizimlaridan
foydalanib, hukumatda haqiqiy oʻzgarishlarni amalga oshirgan holda, Falastinning
Isroil tomonidan bosib olinishini toʻxtatish maqsadida chinakam siyosat olib
bormoqdalar.
Masalan, Ispaniya, Norvegiya
va Irlandiyaning masʻʻuliyatli hukumatlari oʻz xalqining xohish-istaklariga munosib
javob qaytarmoqda. AQSh kabi gegemon mamlakatlar oʻz siyosatidagi nuqsonlardan
barvaqt ogoh boʻlib, toʻgʻri yoʻlni tanlashi kerak.
Ramziy Barud, Al-Jazeera jurnalisti,
siyosiy sharhlovchi