20.07.2024 16:35

Yaman: Saudiyaning Isroilni qoʻllab-quvvatlashi javobsiz qolmaydi

Yamanning “Ansarulloh” harakati rahbari Abdulloh al-Husiy 7 iyulʻ kuni Saudiya hukmdorlariga yoʻnaltirilgan strategik xabarda oʻzaro yaqinlashgan ehtimoliy toʻqnashuvlar haqida ogohlantirdi:

«Biz, albatta, banklarga banklar bilan, Riyoz aeroportiga Sanaa aeroporti bilan va dengiz portlariga dengiz portlari javob qaytaramiz.»

Ushbu ogohlantirish Sanadan Saudiya Arabistoniga qaratilgan soʻnggi tahdidlar toʻlqinidan keyin berildi. Eng muhim tahdidlardan biri shu oyning boshida sodir boʻlgan edi, unda Yaman Riyozda hibsga olingan Yaman ziyoratchilarini Yaman Havo Yoʻllari samolyoti orqali Sanaga qaytarishni tezlashtirish talabini qoʻygan edi. Saudiyaliklar bu tahdidning jiddiyligini bilib, uch kunlik muddat ichida bu talabni bajarishdi.

Ansarulloh” tahdidi bevosita Riyoz qoʻllab-quvvatlaydigan Yaman hukumati tomonidan AQSh taʻʻsiri ostida Sanani Gʻazoga yordam berish uchun dengiz qamalini davom ettirishdan qaytarishga qaratilgan harakatlariga bogʻliq. Buni Husiy ochiqchasiga aytib oʻtdi va Saudiyaliklarni mintaqadagi Qarshilik Oʻqiʻʻni zaiflashtirish uchun AQSh bilan birgalikda harakat qilishdan ogohlantirdi.

Iqtisodiy tajovuz mojaroni yangilaydi

Aprelʻ oyining boshida Riyoz qoʻllab-quvvatlovi ostidagi hukumat bilan hamkorlik qiluvchi Aden shahridagi Markaziy Bank (CBY) Sanadagi banklarga 60 kun ichida bosh ofislarini janubdagi port shaharga koʻchirishi kerakligini, aks holda terrorizmga qarshi, korruptsiyaga qarshi va pul yuvishga qarshi qonunlar boʻyicha sanktsiyalarga duch kelishini aytdi.

Sananing amaldagi hukumati buni Gʻazoni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatish uchun bosim oʻtkazish urinishlari deb hisobladi. Bu AQShning toʻgʻridan-toʻgʻri ogohlantirishidan va Saudiya Arabistonining yangi tajovuzlari tahdididan keyin sodir boʻlgan edi. Sana orqaga chekinish oʻrniga, Qizil dengizdagi operatsiyalarini Oʻrta er dengiziga qadar kengaytirdi. U bu vaqtgacha allaqachon Hindiston okeani va Adan koʻrfazi suv yoʻllariga erishgan edi.

Ikki hafta ilgari Saudiya Arabistoni Sana aeroportidan parvozlarga cheklovlar qoʻyish va Jidda shahrida Yaman haj ziyoratchilarini ushlab turish harakatlariga qoʻl urgandi. Bu “Ansarulloh” rahbariyati tomonidan unga qarata yana bir tahdidga yoʻllanishiga sabab boʻldi.

Husiy Saudiya Arabistonini bu harakatlari va Isroilni Yamanga qarshi qoʻllab-quvvatlayotgani sabab jiddiy oqibatlarga duch kelishi haqida ochiqchasiga ogohlantirdi.

Yamanning harbiy tayyorgarligi

Yamanning “Ansaralloh” bilan ittifoqdosh qurolli kuchlari Saudiya aeroportilari, banklari va portlariga qarshi qasos olishga – bunga sabab Yaman xalqiga qarshi qamal va Riyozning Isroilni qoʻllab-quvvatlashidir – tayyorligini eʻʻlon qilishi bilan bir vaqtda Yaman armiyasi juma kuni ogohlantirish bayonoti eʻʻlon qildi.

Yaman Qurolli Kuchlari tomonidan eʻʻlon qilingan tayyorgarlik uning Saudiya Arabistonidagi nishonlarga qarshi harbiy harakatlarga shayligini koʻrsatadi. Hammasi rahbariyat qarorlariga bogʻliq. Sana ayni damda mudofaa jihatdan koʻp tomonlama urushga tayyorlanmoqda.

Ammo Yamanning maqsadlari shunchaki faqat harbiy munosabatdan koʻra kengroq. “Ansarulloh” siyosiy byurosining lavozimi yuqori aʻʻzosi Muhammad Nasr al-Buhaytiy X ijtimoiy tarmogʻida «Biz Saudiya rejimini agʻdarishimiz kerak, zotan u eng zolim va jinoyatchi rejimlar bilan ittifoq tuzgan, biz esa mazlumlar va kamsitilganlarning tarafidamiz» deb yozdi.

Husiyning tahdidlari shunchaki ogohlantirishlar emas. “Ansarulloh” siyosiy byurosi va Shuro Kengashining aʻʻzosi Hizom al-Assad «Saudiya rejimiga iqtisodiy va taraqqiyot bilan bogʻliq muhim harbiy resurslarini nishonga olib, zarba berish uchun umumiy safarbarlik koʻrilayotgani»ni tasdiqlagan.

Assad janglarning qayta boshlanishiga «Saudiya rejimining Yaman xalqiga qarshi davom etayotgan tajovuzi, shuningdek, uning Yamanga qarshi amerikaliklar va isroilliklar bilan til biriktirgani»ni sabab qilib koʻrsatdi.

Hozircha Saudiya Arabistonining aniq pozitsiyasi ommaga eʻʻlon qilingani yoʻq. Riyoz, ehtimol, Oman kabi vositachilar orqali aloqa oʻrnatishga yoki toʻqnashuvdan qochish uchun Sana bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotga kirishishga harakat qilishi mumkin. Chunki soʻnggi harakatlar Saudiya Arabistoni uchun jiddiy iqtisodiy zararlar keltirishi muqarrar.

Bu Saudiyaliklar iqtisodiyotiga etkazilgan birinchi zarba emas – Yaman Saudiya qirolligining energiya inshootlari va muhim infratuzilmalariga muntazam ravishda qasoskor hujumlar uyushtirgan, 2019 yilda Saudiya Arabistonining neftʻ ishlab chiqarishining yarmidan koʻpini toʻxtatib qoʻygandi. Agar mojaro yana qaytalasa va vaziyat yomonlashsa, Saudiya iqtisodiyotiga, shu jumladan NEOM kabi yirik loyihalariga jiddiy shikast etishi mumkin.

Mavzuga aloqador