-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga roppa-rosa 10 oy boʻldi. Oxirgi 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Parijdagi Olimpiadada bronza medalini qoʻlga kiritgan qirgʻizistonlik bokschi Munarbek Seyitbek uuluga musobaqalar vaqtida sekundantlik qilgan oʻzbekistonlik murabbiy Akmal Hasanov Chingiz Aytmatov medali bilan taqdirlandi.
-
Eronning Isroilga hujumi kutilayotgani sababli Yaqin Sharq bozorlarida qulash kuzatildi
-
Niger Kievni terrorchi guruhlarni qoʻllab-quvvatlashda ayblab, Ukraina bilan diplomatik munosabatlarni uzayotganini bildirdi. Avvalroq Mali hukumati ham xuddi shunday qarorni eʻʻlon qilgandi.
-
Isroil aviatsiyasi Livanda Hizbulloh nuqtalariga uyushtirgan vakuumli bomba hujumlari natijasida harakatning besh aʻʻzosi halok boʻldi. Bunga javoban Isroil hududiga uyushtirilgan uchuvchisiz uchoq hujumlarida esa 17 isroillik jarohatlandi.
-
Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori, uzoq vaqtdan beri Hasinaning raqibi hisoblangan va "kambagʻallar bankiri" sifatida tanilgan 84 yoshli Muhammad Yunus Bangladesh oʻtish davri hukumati rahbari etib tayinlandi.
-
HAMAS harakatining Gʻazo sektoridagi rahbari Yahyo Sinvar Eronda oʻldirilgan Ismoil Haniya oʻrniga tashkilot Siyosiy byurosi raisi etib tayinlandi. Yahyo Sinvar kim? Ayrim munosabatlar.
-
Qurʻʻoni karim - Allohning kalomidir. Undan bir qator gʻaybiy xabarlar ham oʻrin olgan boʻlib, ushbu gʻaybiy xabarlarga bagʻishlangan risolamizning toʻqqizinchi qismida Rasululloh sollalohu alayhi va sallamning Allohning himoyasida boʻlishlari haqida suhbatlashamiz. Oʻninchi qism videosini saytimizda tomosha qilishingiz mumkin.
-
Nigeriya, Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya va Indoneziya Britaniyadagi fuqarolarini mamlakat miqyosida sodir boʻlayotgan tartibsizliklar hamda "musulmonlar yoki rangli odamlar"ga qarshi hujumlar fonida odamlar gavjum joylarga borish va sayohat qilishdan ogohlantirib, ehtiyot choralarini koʻrishni tavsiya qilmoqda.
-
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqaevning taklifiga binoan 7-9 avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Ikki tomonlama muzokaralardan tashqari, Oʻzbekiston prezidenti 9 avgust kuni Ostonada boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining birinchi sammitida ham ishtirok etadi.