07.08.2024 07:35

Muhammad Yunus Bangladeshning oʻtish davri hukumati rahbari etib tayinlandi

Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori, uzoq vaqtdan beri Hasinaning raqibi hisoblangan va "kambagʻallar bankiri" sifatida tanilgan 84 yoshli Muhammad Yunus Bangladesh oʻtish davri hukumati rahbari etib tayinlandi.

Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Muhammad Yunus Bangladesh bosh vaziri Shayx Hasina Vojid hukumatga qarshi namoyishlar ortidan mamlakatni tark etganidan soʻng oʻtish davri hukumati rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Dhaka Tribune xabar qildi.

Rasmish vakil Muhammad Yunus Bangladesh prezidenti Muhammad Shahobiddin va talabalarning kamsitishga qarshi harakati etakchilari oʻrtasidagi uchrashuvdan soʻng muvaqqat hukumat rahbari etib tayinlanganini tasdiqladi.

Rasmiy, shuningdek, oʻtish davri hukumatining qolgan aʻʻzolari turli siyosiy partiyalar bilan maslahatlashuvlardan soʻng aniqlanishini taʻʻkidladi.

Yunus namoyishchilarning iltimosiga ijobiy javob berdi

Talabalar norozilik namoyishlari muvofiqlashtiruvchilaridan biri Nahid Islomning bildirishicha, ular Nobel mukofoti sovrindori Muhammad Yunusning mamlakatda tuzilishi rejalashtirilgan oʻtish davri hukumatiga rahbarlik qilishini istashlarini aytgan.

Yunus markazi direktori Lamiya Morshedning aytishicha, Muhammad Yunus hozir Parijda va tez orada Dakkaga qaytadi. U talabalarning iltimosiga ijobiy javob berdi.

“Buncha qurbonlar bergan talabalar mendan bu ogʻir davrda vaziyatga aralashishimni soʻrashayotgan boʻlsa, men qanday qilib rad etaman?” – dedi u.

Muhammad Yunus kim?

84 yoshli Muhammad Yunus uzoq vaqtdan beri Hasinaning raqibi hisoblangan, “kambagʻallar bankiri” sifatida tanilgan.

Nobel mukofoti sovrindori Yunus Bangladeshda koʻplab moliyaviy ayblovlar bilan qamoqqa tashlangan. U Shayx Hasina bilan sovuq munosabatlari tufayli hujumlar nishoniga aylangan.

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama, BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun va boshqa koʻplab taniqli shaxslarni oʻz ichiga olgan guruh Shayx Hasinaga xat yozib, Yunusga qarshi sud jarayonini toʻxtatishni soʻragan.

Muhammad Yunus 2006 yilda Grameen bankiga asos solgan va uning kashshof faoliyati uchun Tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. 

Mavzuga aloqador