Gʻazo bombalanayotganiga 10 oy boʻldi: 306-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga roppa-rosa 10 oy boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Dayr al-Balah, Xon Yunis va Gʻazo
markaziga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 39 653 kishi shahid boʻldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda Nablus va Jeninga
hujum davom etmoqda. 24 soat ichida bosqinchilar 13 falastinlikni oʻldirdi.
Baytlahm, Erixo va Qalkiliyada oʻnlab odamlar hibsga olingan.
▪️Al-Qassam brigadalari 10 oylik urushdan keyin ham bosqinchilarga hujum
qilishda davom etmoqda. Gʻazodan Askalan va Sderot tomon oʻq otildi. Merkava
tanklari Rafahda nolʻ masofadan yoʻq qilindi.
▪️Hizbulloh Isroil shimoliga katta hujum uyushtirdi. Raketalar
Golani brigadasi qarorgohi, Eguz boʻlinmasi va Qila bazasiga etib borgan.
▪️Isroil radioeshittirish idorasi: Sinvarning tayinlanishi
Gʻazodagi HAMAS
rahbariyatining kuchli ekanligi, mavjudligi va qolaverishiga ishoradir.
▪️Blinken: Sinvar Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga
erishishda asosiy qaror qabul qiluvchi boʻlgan va shunday boʻlib qoladi. Muzokaralar
yakuniy bosqichga etdi va biz ular tez orada marraga etishi kerakligiga qatʻʻiy
ishonamiz.