Qirgʻiz bokschisiga yordam bergan oʻzbekistonlik murabbiy medalʻ bilan taqdirlandi
Parijdagi Olimpiadada bronza medalini qoʻlga kiritgan qirgʻizistonlik bokschi Munarbek Seyitbek uuluga musobaqalar vaqtida sekundantlik qilgan oʻzbekistonlik murabbiy Akmal Hasanov Chingiz Aytmatov medali bilan taqdirlandi. Bu haqda 24.kg “Chingiz Aytmatov nomidagi Issiqkoʻl forumi” xalqaro jamoat birlashmasi bosh kotibi Assol Moldokmatovaga tayanib maʻʻlum qildi.
Uning taʻʻkidlashicha, gumanizm, bagʻrikenglik, insonparvarlik va xalq diplomatiyasining
yuksak saviyasi uchun oʻzbekistonlik murabbiy Akmal Hasanovni mukofotlash
toʻgʻrisidagi qaror 5 avgust kuni qabul qilingan.
“Akmalga insoniyligingiz, birodarlik munosabatingiz uchun
rahmat aytamiz. Qadrlaymiz, hurmat qilamiz,
olqishlaymiz.
Tashrifingizni intiqlik bilan kutamiz. Siz barcha maqtov va mukofotlarga
loyiqsiz”, — dedi Assol Moldokmatova.
Eslatib oʻtamiz, Qirgʻiziston tarixida ilk bor Olimpiada yarim
finaliga chiqqan bokschi Munarbek Seyitbek uulu uchun oʻzbekistonlik murabbiy Akmal Hasanov sekundant boʻlib harakat qilgandi.
Bokschining
shaxsiy murabbiyi esa
viza va tashkiliy muammolar sababli Qirgʻiziston delegatsiyasi roʻyxatiga
kiritilmay qolgandi.
Akmal Hasanovning
oʻzi OAVga Munarbek Seyitbek uuluning Oʻzbekistonga yigʻinga tez-tez kelib, oʻzbekistonlik
sportchilar bilan mashgʻulotlarda
ishtirok etgani uchun tanishini aytgan.
“Munarbek
biz bilan mashgʻulot oʻtkazdi, Olimpiadaga bir oʻzi keldi. U mendan yordam
berishimni iltimos qildi. Qoʻshni davlatlarimiz doʻstona munosabatlarga ega ekan,
biz unga yordam berishdan xursand boʻldik. U tarixga kirdi va Qirgʻiziston
tarixidagi boks boʻyicha birinchi Olimpiada sovrindori boʻldi”, — dedi Akmal Hasanov.
Mutaxassis qirgʻizistonlik bokschiga raqiblarni tahlil qilish
va mashgʻulotlarda yordam berayotganini maʻʻlum qilgan.