06.08.2024 18:30

Qurʻʻondagi gʻaybiy xabarlar: Rasulullohning Alloh himoyasida boʻlishlari

Rasulullohning Alloh himoyasida boʻlishlari

Paygʻabarimiz alayhissalomning Alloh muhofazasida ekanlari Moida surasining 67-oyatida bunday bayon qilinadi: Alloh Sizni odamlar (zarari)dan saqlagay.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu oyati karima tushmasidan oldin Madinaga hijrat qilganlar. Yahudiylar u zotga: “Ey Muhammad, biz koʻpchilikmiz, qurollarimiz ham koʻp, agar daʻʻvongdan va diningdan voz kechmasang, seni oʻldiramiz”, deyishgandi. Shundan keyin ansordan va muhojirdan yuz kishi Paygʻambar alayhissalomni qoʻriqlaydigan boʻlishdi. Yahudiylarning suiqasdidan xavfsirab, tunlari koʻz-quloq boʻlib tong ottirishar, qaerga borsalar, yonlarida yurishardi. Yuqoridagi oyat tushganidan keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Ey odamlar, boradigan joylaringizga boring, endi meni qoʻriqlab oʻtirmang, shubhasizki, Alloh meni insonlardan muhofaza qiladi”, dedilar.

Alloh taoloning vaʻʻdasidan soʻng Paygʻambarimiz alayhissalom qorongʻu tushgan paytlarda, yarim tunda ham Madina vodiylarida tanho kezardilar. Jonlariga qasd qilish niyatida boʻlganlar maqsadlarini amalga oshirisholmasdi.

Yaʻʻni Qurʻʻon kelajakdan bergan bu xabar ham toʻgʻri chiqqan, dushmanlari qanchalik xohlashmasin, Paygʻambarimiz alayhissalomga daxl qilisholmagan.

Mavzuga aloqador