07.08.2024 11:27
Eronning Isroilga hujumi kutilayotgani sababli Yaqin Sharq bozorlarida qulash kuzatildi
Yaqin Sharq aktsiya bozorlari Eronning yaqin kunlarda Isroilga hujum qilishi mumkinligidan xavotirlar fonida pasayib ketdi. AQSh davlat kotibi Entoni Blinken oʻzining G-7dagi hamkasblariga Eron va uning ittifoqchisi Hizbulloh 48 soat ichida Isroilga hujum qilishi mumkinligi haqida aytgani qulashlarga katta yordam bergan.
Isroil fond bozori barometri hisoblangan TA-35 indeksi 3,1 foizga tushdi. Bu fevralʻ oyidan beri kuzatilgan eng past koʻrsatkichdir. Indeks oʻtgan haftadayoq 3.3 foizga pasayib, oʻtgan yilning oktyabridan beri eng katta haftalik yoʻqotishni qayd etgandi.
Isroil pul birligi hisoblangan shekelning dollarga nisbatan kursi ham 1 foizga pastlab, qariyb toʻqqiz oylik eng past darajaga tushdi. Isroil valyutasi oltinchi kundirki ketma-ket pasaymoqda. Misr funti esa dollarga nisbatan 1,6 foizga tushib, besh oylik eng past koʻrsatkichda savdo qilinmoqda.
Hujum haqidagi xavotirlar neftʻ narxiga ham taʻʻsir qilib, neftʻ fyucherslarini etti oylik eng past darajaga tushirdi. Saudiya Arabistonining 2054 yilgi dollardagi yanvarʻ obligatsiyalari 7 kun ichida birinchi marta tushdi. Saudiya Arabistonining Tawadul indeksi va Misrning Hermes etalon koʻrsatkichi mos ravishda 3,7 va 5,8 foiz yoʻqotdi.