-
Rossiya Federatsiyasining Ukraina bilan chegaradosh Kursk viloyatida uch kundan buyon janglar davom etmoqda. Amerika urushni oʻrganish instituti (ISW) oʻz hisobotida yozishicha, turli manbalarga koʻra, Ukraina qoʻshinlari allaqachon Kursk viloyatida Rossiya ichkarisiga qarab 10 kilometr siljigan boʻlishi mumkin.
-
Shavkat Mirziyoev va Qosim-Jomart Toqaev Ostonada yuk tashish hajmini oshirish uchun sharoitlar yaratish, avtomobilʻ va temir yoʻllarini qurish hamda modernizatsiya qilishni jadallashtirishni muhokama qildi. Transkaspiy yoʻlagi va «Shimol-Janub» koridoridan samarali foydalanish hamda chegarada yangi oʻtkazish punktlarini ochish masalalari ham koʻrib chiqildi.
-
Suriyaning neftga boy Dayr-az-Zor mintaqasida mahalliy qabilalar Bashar Asad qoʻshinlari bilan birlashib, AQSh himoyasi ostidagi kurdlarni hududdan quvib chiqardi. Dayr-az-Zor Suriyadagi qariyb 10 yildan beri kurd guruhlari nazoratida boʻlgan yagona neftʻ va gaz qazib oluvchi mintaqa boʻlib, bu erda AQShning 20 dan ortiq harbiy bazalari mavjud.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 307 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
19 nafar kanadalik shifokorlar guruhi Kanada hukumatiga ochiq xat yozib, Gʻazodagi gumanitar inqirozga javoban zudlik bilan chora koʻrishni talab qildi. Maktubda, jumladan, Isroilga Gʻazo blokadasini olib tashlash uchun bosim oʻtkazish, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga insonparvarlik yordamini muvofiqlashtirish vakolatini berish, tibbiy asbob-uskunalardan chekganmagan miqdorda foydalanish imkoniyatini taʻʻminlash va falastinlik tibbiyot xodimlarining Gʻazoda ishlashiga ruxsat berish kabi bir qator shoshilinch choralar koʻrish talab qilingan.
-
2018 yil 18 oktyabrda minglab namoyishchilar tahdidi tufayli faoliyatini toʻxtatgan Isroilning Marokashdagi diplomatik vakolatxonasi qaytadan ochilmoqda. Mahalliy faollar Telʻ-Avivning musulmon Hasan Kaib diplomatik vakil boʻlishi haqidagi qaroriga ishonchsizlik bilan qaramoqda.
-
Eron Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning oʻldirilgani uchun Isroilga javob qaytarishda islom davlatlaridan yordam kutmoqda. Eron vauilining fikricha, bu harakatlar nafaqat oʻz suveieniteti va milliy xavfsizligini himoya qilish, balki butun mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni taʻʻminlashga qaratilgan.
-
Afgʻoniston va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi chegaralarni suv toshqinlari yuvib ketgan va ular qayta belgilanib chiqiladi, dedi energetika va suv resurslari vaziri v.b. Abdul Latif Mansur hududiy kelishuvlardagi ehtimoliy oʻzgarishlarga ishora qilgan holda.
-
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Dushmanga qarshi qoʻrqinch yordamida gʻolib qilindim! Agar men bilan ularning orasi bir oylik yoʻl boʻlsa ham, bundan qalblari qoʻrqinchga toʻla boʻladi”, deganlar. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam ushbu gaplarini: “Menga bundan oldingi paygʻambarlarga berilmagan beshta narsa berilgan”, degan joyda aytib oʻtganlar. Yaxshilab oʻylab koʻrilsa, ana shu beshta xislat Paygʻambarimiz alayhissalom tufayli ummatlariga ham berilgan, deyishimiz mumkin.
-
7 avgustga oʻtar kechasi 400 nafardan ziyod Ukraina harbiylari va jangovar texnikalari Rossiyaning Kurs viloyati hududiga bostirib kirdi. Ukraina tomoni bir qancha aholi punktlari nazoratga olinganini, RF Mudofaa vazirligi esa dushmanlar Rossiya hududidan uloqtirib tashlanganini maʻʻlum qildi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor.