Isroilning vakuumli bomba hujumida Hizbullohning besh aʻʻzosi halok boʻldi
Isroil aviatsiyasi Livanda Hizbulloh nuqtalariga uyushtirgan vakuumli bomba hujumlari natijasida harakatning besh aʻʻzosi halok boʻldi. Bunga javoban Isroil hududiga uchuvchisiz uchoq va raketa hujumlarida esa 17 isroillik jarohatlandi.
Isroilning
Livanning Mayfadun qishlogʻidagi 3 qavatli binoga uyushtirgan havo hujumida 5 Hizbulloh
aʻʻzosi halok boʻldi. Halok boʻlganlarning uch nafari partiya ichida «masʻʻuliyat»ga
ega ekani xabar qilindi.
X
ijtimoiy tarmogʻida chop etilgan xabarda Isroil armiyasi voizi Avichai Adraei Shin
Bet va harbiy razvedka jangovar samolyotlar yordamida janubiy jabhada Hizbulloh
kuchlari foydalanilgan harbiy binoga hujum qilganini tasdiqladi.
Isroil
armiyasi portlash zonasidagi har bir kishi uchun halokatli boʻlgan, rasmiy ravishda
termobarik qurol deb ataladigan "yuqori vayronkor vakuumli
bombalardan" foydalangan.
Boshqa bir
xabarda Adraei Isroil harbiy samolyotlari Xiam shahridagi "Hizbulloh harbiy
binosiga" ham havo hujumi uyushtirganini aytdi.
Bunga
javoban Hizbulloh ishgʻol ostidagi Falastin hududida Gʻarbiy va Yuqori Jalila, Akre
va Hayfada qator operatsiyalarni boshlab, mojaro boshlangandan buyon ilk bor portlashlar
eshitilishiga sababchi boʻldi.
Isroil
matbuoti qurolli uchuvchisiz uchoqlar Nahariyadagi avtomobilʻ va harbiy bazaga
zarba berib, qurbonlar keltirganini xabar qildi. Isroil armiyasi radiosining
xabar berishicha, Nahariya va Asre atrofidagi hududda Hizbulloh uchuvchisiz samolyoti
hujumi oqibatida 17 kishi yaralangan.