07.08.2024 06:41

Yahyo Sinvar HAMAS siyosiy byurosi rahbari etib saylandi: Yahyo Sinvar kim?

HAMAS harakatining Gʻazo sektoridagi rahbari Yahyo Sinvar Eronda oʻldirilgan Ismoil Haniya oʻrniga tashkilot Siyosiy byurosi raisi etib tayinlandi. Yahyo Sinvar kim? Ayrim munosabatlar.

HAMAS harakatining Gʻazo sektoridagi rahbari Yahyo Sinvar Eronda oʻldirilgan Ismoil Haniya oʻrniga tashkilot Siyosiy byurosi raisi etib tayinlandi.

"HAMAS marhum rahbari Ismoil Haniyaning oʻrniga qoʻmondon Yahyo Sinvar harakatning siyosiy byurosi rahbari etib saylanganini eʻʻlon qiladi", deyiladi HAMASning Telegram sahifasida eʻʻlon qilingan yozma bayonotda.

HAMAS 3 avgust kuni qilgan bayonotida oʻldirilgan Siyosiy byuro rahbari oʻrniga yangi rahbarni aniqlash boʻyicha maslahatlashuvlar boshlanganini maʻʻlum qilgandi.

Ismoil Haniya 31 iyulʻ kuni Eron poytaxti Tehronda oʻldirilgan.

Yahyo Sinvar kim?

61 yoshli Yahyo Sinvar Gʻazo janubidagi Xon Yunusda tugʻilgan. 1980-yillarda azo islom universitetida islomiy ilmlarni oʻrgangan.

Bu davrda “Al-Majit” nomli islomiy yoshlar tashkilotini tuzdi. Tashkilot asosan isroilga sotqinlik qilgan falastinliklarni fosh etishni maqsad qilgan. 1987 yilda HAMAS tashkil etilishi bilan Al-Majid ham HAMASning bir qismiga aylandi.

Sinvar 1988 yilda hibsga olingan. 22 yillik qamoqdan soʻng 2011 yilda oʻgʻirlab ketilgan isroillik askar Gilad Shalit evaziga qoʻyib yuborildi.

U isroilda eng koʻp qidirilayotganlar roʻyxatida. Isroil uning joylashgan oʻrnini maʻʻlum qilganga 400 ming dollar berishini eʻʻlon qilgan.

Sinvar 7 oktyabrʻ kuni "Aqso toʻfoni" operatsiyasini rejalashtirganlardan biri.

azo boshqaruvi rahbari hamda u erdagi tunnellarni boshqargani uchun falastinliklar uni "Yuqori aql" va "Sharpalar rahbari" deb atashadi. Yahudiylar esa koʻplab hujum va suiqasdlarda omon qolgani uchun "Toʻqqiz jonli" deb atashadi. Moʻtadillikdan uzoq, keskin, qattiq va murosasiz.

Ayrim munosabatlar

isroil zobiti:

“Biz Haniyani oʻldirib xato qildik, Sinvarni HAMASga bosh qildik.

Sionist tahlilchi Avi Issacharoff:

“HAMAS boshqaruv uchun eng xavfli odamni tanladi”.

Isroil razvedkasidan sobiq ofitser Maykl Milshteyn:

“HAMASdan eng koʻp tushuna olmaganimiz Yahyo Sinvar edi. U har doim eng katta aldovlarda muvaffaqiyat qozongan ayyor, juda makkor edi”.

Mubashshir Ahmad

“isroil, qabul qilib ol endi zarbani. Moʻʻʻtadil va halim siyosatchiga suʻʻiqasd qilding. Oʻrniga egilmas, jasur va sohibqiron Yahyo Sinvar keldi.

HAMASning rasmiy bayonotiga koʻra, tashkilot siyosiy rahbarligiga Gʻazo ichida sionistlar dodini berayotgan qoʻmondon Yahyo Sinvar bir ovozdan saylangan”. 

Mavzuga aloqador