01.08.2025 06:24
90
Falastin bahonasida katta oʻyin: Evropa Trampga qarshi chiqyapti
Oxirgi kunlarda Falastin davlatini tan olishni qoʻllab-quvvatlayotgan koalitsiya kuchayishi kuzatilmoqda. Ekspertlar buni insonparvarlik harakati emas, balki strategik qasos sifatida baholashyapti. Frantsiya, Ispaniya, Irlandiya, Norvegiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa davlatlar “adolat” uchun emas, balki AQSh va Isroilga qarshi geosiyosiy oʻyin uchun birlashmoqda. Falastinliklarning huquqlari haqidagi bayonotlar ortida aslida bir maqsad bor – Donalьd Trampni siyosiy zaiflashtirish va uning eng yaqin ittifoqchisi Binьyamin Netanyaxuga zarba berish.
Parij, xususan Makron bu jarayonda faol rolь oʻynamoqda. Frantsiya Tramp tomonidan Evropaga joriy qilingan zararli bojlar ortidan iqtisodiy maydonda oʻz obroʻsini tiklash va geosiyosiy tashabbusni qayta qoʻlga olishga urinmoqda. Falastinni tan olish orqali Frantsiya va uning ittifoqchilari Vashington roziligisiz ham oʻz oʻyinini boshlashga qodirligini koʻrsatmoqda. Yaъni, BMT Xavfsizlik Kengashida AQSh tomonidan bloklanayotgan jarayonlar chetlab oʻtilmoqda va Falastin davlatining xalqaro legitimligi uchun yangi asos yaratilmoqda.
Netanyaxu uchun esa bu – kuchli siyosiy bosim. Uning “Ibrohim kelishuvlari” orqali arab davlatlari bilan yaqinlashish niyatlari puchga chiqdi. Agar Gʻarb davlatlari Falastinni tan ola boshlasa, Bryusselь va Ottava qoʻliga yangi bosim vositalari – sanktsiyalar va xalqaro tergov kabi qurollar tushadi. Isroilning “oʻzini himoya qilayotgani” haqidagi ritorikasi Evropada tobora koʻproq muvofiqsiz deb baholanmoqda, ayniqsa Gʻazodagi voqealar fonida.
Tramp uchun bu – toʻgʻridan-toʻgʻri chaqiriq. Netanyaxuga bosim oshgan sari, AQSh ichida Isroilni qoʻllab-quvvatlash narxi ham ortib bormoqda. Demak, Tramp uchun siyosiy maydon ham toraymoqda. Globalistlar Falastin masalasini tinchlik uchun emas, balki dunyo miqyosidagi taъsir doirasini qayta boʻlishish quroli sifatida ishlatmoqdalar. Evropa uzoq yillardan soʻng ilk bor Tramp oʻzini mutlaq gʻolib deb bilgan maydonga kirdi va oʻzining qarshi hujumini boshladi.