31.07.2025 17:05
40
Qozogʻistonda LGBT targʻiboti uchun jinoiy javobgarlik belgilash taklif qilindi
Qozogʻiston Majlisi deputati (quyi palata) Odil Janbirshin mamlakatda LGBTni targʻib qilganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etishni taklif qildi. Bu haqda u kecha, 30 iyulь kuni Ostona shahrida OAV bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida soʻz ochdi.
“Biz faqatgina taqiq bilan cheklanmasligimiz kerak. Agar ushbu taqiq buzilsa va LGBT ijtimoiy tarmoqlarda, ommaviy axborot vositalarida yoki boshqa bilvosita usullar bilan targʻib qilinsa, menimcha, faqat maъmuriy emas, jinoiy javobgarlik ham koʻzda tutilishi kerak”, degan deputat.
Qolaversa, Odil Janbirshin oʻtgan yili LGBT targʻibotiga qarshi rasmiy petitsiya 10 kun ichida 50 mingdan ortiq imzo toʻplaganini ham eslatgan.
“Strategiya” ijtimoiy-siyosiy tadqiqotlar markazi oʻtkazgan soʻrov natijalariga koʻra, Qozogʻiston fuqarolarining 80 foizi LGBTga nisbatan qonuniy cheklovlar joriy etilishini qoʻllab-quvvatlamoqda.